Birlaşgan Arab Amirliklarida bölib ötayotgan Futbol böyiça XVII Osiyo kubogining “F” guruhi ikkinçi turi doirasida ötkazilgan Turkmaniston – Özbekiston (0:4) öyinidan söng futbolçilar mikst-zonada jurnalistlar savollariga javob qaytarişdi.

Jamoa sardori Odil Ahmedov:
— Oçiği, bu qadar oson ğalaba qölga kiritiladi, deb öylamagan edim. Keyingi bosqiçga çiqqanimizdan juda ham xursandmiz. Keyingi öyinlarda ham çiroyli öyin namoyiş etib, muxlislarni xursand qilamiz, degan umiddaman.
Birinçi bölimdayoq tört gol kiritilişi haqida gapirsam, bolalar ham Markaziy Osiyo derbisi ekanligini tuşunib turişuvdi, şu sababli kayfiyatni yaxşi qilib, tezroq va köproq gol urişga harakat qilib öynadik va buning uddasidan çiqdik. Bu esa keyingi öyinimizni ança osonlaştirdi.
Avvalo, biz har qanday öyinga ğalaba qozoniş uçun çiqamiz. Keyingi bosqiçlarda har qanday raqib töğri kelişidan qat'i nazar. Çunki pley-off bosqiçida kuçsiz milliy jamoaning özi bölmaydi. Şu sababli, hozirça fikri xayolimiz faqat Yaponiya bilan böladigan öyinga qaratilgan.

Jaloliddin Maşaripov:
— Öyindan avval bolalarda ğalaba bölgan çoğlaniş juda kuçli edi. Lekin birinçi gol urilgunga qadar öyin oson keçgani yöq. Lekin öyin natijasidan, yirik ğalaba bilan muxlislarimiz könglini şod etganimizdan juda ham xursandmiz. Oldingi öyindagi ğalaba biroz qiyinroq qölga kiritilgani, bu öyinda erkinroq harakat qilganimiz haqidagi savolga javob bersam, bu öyingaça terma jamoa örtoqlik öyinlarida maydonga tuşmadi va bu hol birinçi öyinda jamoaning özaro bir birini tuşunişida öz aksini topdi. Ikkinçi öyinga kelib bolalar bir-birlarini ança yaxşi tuşuna boşlaşdi. Muxlislarimiz stadionda mana şunday jonli qöllab-quvvatlab turişsa öyinlarimiz yanada oçilaveradi.
Ektor Kuper menga e'tiroz bildirgan vaziyatga töxtalsam, töp bilan fint qilganim unga yoqmadi. U bunday narsalarni yoqtirmaydi. Lekin bunday qiliqlar muxlislarga yoqadi va yoşligimdan braziliyalik futbolçilarga xos bölgan fintlarni işlatişga qiziqib kelaman.
Endi Yaponiya bilan öyinda ham töliq kuç bilan öynab, öz kuçimizga baho bermoqçimiz. Çunki Yaponiyada jahon futbolida öz örniga ega juda kuçli terma jamoa hisoblanadi.
Islom Töxtaxöjayev:
— Yigitlar muxlislar uçun harakat qilişdi. Keyingi öyinda garçi bizni durang natija qoniqtirsa ham ğalaba uçun maydonga tuşamiz.

Anzur Ismoilov:
— Albatta, oldingi öyinga nisbatan himoya çiziğimiz uçun osonroq böldi. Lekin bu qadar oson ğalaba qozonamiz deb öylamagan edik, töğrisi. Gollar birinçi bölimda kiritib bölingaç, ikkinçi bölimda murabbiy körsatmasiga köra tartibli öynaşga harakat qildik va yakunda boşqa gol kiritilmadi.
Keyingi bosqiçda Avstraliya töğri keladimi boşqasimi – qörqinçli emas. Çunki qaysi örinni olsangiz ham pley-off bosqiçida kuçli jamoa röpara kelaveradi va öşa jamoani yutişga töğri keladi.











