19 yanvar kuni Germaniyaning Frankfurt şahrida Özbekiston zamonaviy beşkuraş federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev va Zamonaviy beşkuraş xalqaro ittifoqi prezidenti doktor Klaus Şorman örtasida uçraşuv bölib ötdi.

Uzoq muddatli va özaro manfaatli munosabatlarni rivojlantiriş masalasi muhokama qilingan uçraşuvda Bahromjon Gaziyev Özbekiston zamonaviy beşkuraşining holati va istiqbollari haqida batafsil sözlab berdi. 

Muloqotda köp yillardan buyon mamlakatimizda uşbu sport turiga yetarliça e'tibor berilmagani va şuning uçun rivojlana olmagani, hozirda esa vaziyat özgargani ta'kidlangan.

«Özbekiston zamonaviy beşkuraş federatsiyasi va Milliy olimpiya qömitasining birgalikdagi sa'y-harakatlari natijasida qisqa vaqt içida kuçli murabbiylar va bir neçta iqtidorli sportçi topişga muvaffaq böldik va Tokio-2020 Olimpiadasida iştirok etiş uçun haqiqiy imkoniyatlar paydo böldi», – degan Bahromjon Gaziyev.

Klaus Şormann, öz navbatida, Özbekiston zamonaviy beşkuraşini rivojlantiriş va ommalaştirişga yordam berişga va'da bergan.

Uçraşuvda Özbekiston sportçilarini zarur jihozlar bilan ta'minlaş va sport majmualarini maşğulotlar uçun zamonaviy uskunalar bilan jihozlaş masalalari ham muhokama qilingan.

Klaus Şormann Özbekistonda uşbu sport turini rivojlantiriş borasida öz tavsiya va takliflarini bergan.

«Özbekistonda  yaqin vaqt içida Özbekiston zamonaviy beşkuraş maktabi oçiladi. Qiliçbozlik zali, suziş havzalari, yuguriş yölaklari, stadionlar, konkur maydoni va öq otiş uçun möljallangan maydonlarni öz içiga olgan, xalqaro standartlarga mos zamonaviy sport bazasini quriş rejalaştirilgan. Kelgusida uşbu sport bazasida nafaqat zamonaviy beşkuraş, balki boşqa sport turlari böyiça ham xalqaro musobaqalar ötkaziladi», deyilgan federatsiya matbuot xizmati xabarida.

Özbekiston zamonaviy beşkuraş federatsiyasi raisi Osiyo zamonaviy beşkuraş konfederatsiyasi prezidenti Sangvo Park bilan ham uçraşuv ötkazişni rejalaştirgan. Hozirgi vaqtda uçraşuvning aniq sanasi, joyi va vaqtini belgilaş böyiça muzokaralar olib borilmoqda.