Uzbekistan Airways’ning 28 dekabr kuni Toşkentdan Ostonaga uçgan reysi ortga qaytarildi, deb xabar beradi aviakompaniya matbuot xizmati.
Qayd etilişida HY721 reysi (Toşkent — Ostona yönalişi) bortidagi yölovçining soğligi yomonlaşgani sababli samolyot Toşkent şahridagi jönaş aeroportiga qaytarilgan.
«HY721/722 reysi (28 dekabr) böyiça yangilangan jadval haqida qöşimça ma’lumotlar taqdim etiladi. Noqulayliklar uçun uzr söraymiz va tuşunişingizga umid qilamiz», — deyiladi xabarda.
Şuningdek, Toşkent — Frankfurt yönalişida parvoz qilgan yölovçining soğligi yomonlaşgani sababli samolyot favqulodda tibbiy yordam körsatiş uçun Vnukovo xalqaro aeroportiga yönaltirilgan.
Frankfurt aeroporti reglamentga köra, yopilişidan oldin yetib borişning imkoni bölmagani sababli, HY231 reysi samolyoti Toşkentdagi jönaş aeroportiga qaytariladi.
HY231 reysi yölovçilariga quyidagi muntazam reyslar bilan parvoz qiliş taklif etiladi:
· 29 dekabr kuni Myunxenga amalga oşiriladigan reys;
· 30 dekabr kuni Frankfurtda amalga oşiriladigan reys;
HY232 reysi (Frankfurt — Toşkent yönalişi) yölovçilarini 30 dekabr kuni HY232 reysi orqali qaytariş rejalaştirilgan.

















