Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 yanvardagi farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovga “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yurist” faxriy unvoni berildi.

Qonunçilik palatasi xabariga köra, N.Ismoilov 60 yoşni qarşi olgan.

Uning davlat organlaridagi köp yillik samarali faoliyati, mamlakatda qonun ijodkorligi, sud-huquq tizimini takomillaştiriş, davlat va jamiyat rivojiga oid qonun loyihalarini işlab çiqiş, parlament nazoratining samarali mexanizmlarini joriy etiş, aholi bilan bevosita muloqot asosida jamoatçilik fikri, joylardagi haqiqiy ahvolini çuqur örganiş, xalqimiz manfaatlari va farovonligini ta'minlaş, keng kölamli islohotlar ijrosini röyobga çiqariş borasidagi katta xizmatlari munosib baholanib, davlatning yuksak unvoni bilan taqdirlandi.