Motam tadbirlari 4 iyul kuni Tehrondagi «Musallo» majmuasida boşlanadi. 5 iyulda janoza namozi öqiladi. Poytaxtda, ommaviy motam yurişi ham rejalaştirilgan. Marosimlar mamlakatning boşqa şaharlari, jumladan, Qum va Maşhadda ham bölib ötadi. Alohida tadbirlar şialar uçun muqaddas sanalgan Iroqning Najaf va Karbalo şaharlarida ötkazilişi közda tutilgan.
Oliy rahbar jasadini dafn etişning yakuniy marosimi 9 iyul kuni Maşhadda bölib ötadi.
Eronning sobiq oliy rahbari Ali Xominaiy 28 fevral kuni AQŞ va Isroilning Eron hududiga birinçi zarbalari paytida halok bölgan edi. Dastlab u bilan vidolaşuv marosimi 4 mart kuni bölib ötişi va uç kun davom etişi kerak edi. Biroq, marosim kuni Eron rasmiylari tadbir qoldirilganini e’lon qildi. Qaror xayrlaşişni xohlovçilarning juda köpligi bilan izohlandi.













