«Monako» boş murabbiyi Terri Anri birinçi jamoa bilan işlaşdan çetlatildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bergan.

«Monako» bugungi kundan birinçi jamoa murabbiyi Terri Anri öz vazifalarini bajarişdan çetlatilişi haqida ma'lum qiladi. Bu yakuniy qaror qabul qilinmagunga qadar yuz beradi. Frank Passi juma kuni birinçi jamoa bilan maşğulot ötkazadi», - deyiladi «Monako» matbuot xizmati xabarida.

24 yanvar kuni Anri birinçi jamoaning bir neçta futbolçisini çetlatgani haqida xabar berdi. Mutaxassisning ma'lum qilişiça, «çetlatilgan öyinçilar soni barçasining nomini aytiş uçun juda katta». Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, «faqat öz kelajagi haqida öylaydigan» futbolçilar çetlatildi.

«Monako» Terri Anrini aslida işdan böşatib bölgan. Uning çetlatilişi bilan boğliq voqea faqat rasmiy xarakterga ega, deb xabar qilmoqda BBC jurnalisti Devid Ornsteyn «Tvitter»da.

Manba ma'lumotiga köra, yaqin vaqt içida fransiyalik mutaxassis bayonot bilan çiqadi. Şu bilan birga, «Monako» sobiq boş murabbiy Leonardu Jardim bilan klubga qaytiş haqida kelişib olgan.

Avvalroq, portugaliyalik monegasklar murabbiyi lavozimiga 48 soat içida qaytişi mumkinligi, jamoa esa u bilan muzokara boşlagani xabar berilgandi. 44 yoşli Jardim «Monako» bilan 2014 yildan beri işlagan. Uning rahbarligi ostida klub 2016/17 yilgi mavsumda Fransiya çempioniga aylandi. 2018 yil 11 oktyabrda mutaxassis qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga çiqarildi.

13 oktyabr kuni Anri Jardimning örnini egalladi, ammo u bilan birga klub Fransiya çempionati 12 öyinida faqat ikki ğalabani qölga kiritib, Çempionlar ligasi guruhida sönggi örinni egalladi va Fransiya Kubogidan çiqib ketdi.