2019 yilning 30 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Respublikasining favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan Mehmet Sureyya Erni qabul qildi.

TIV xabariga köra, işonç yorliqlari nusxasini qabul qilib, vazir elçini tayinlov bilan samimiy qutlagan va unga muvaffaqiyatlar tilagan.

Foto: TIV axborot xizmati

Mehmet Sureyya Er qutlov uçun minnatdorçilik bildirdi va mamlakatlarimiz hamda xalqlarimiz örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş va rivojlantirişga munosib hissa qöşiş uçun bundan avvalgi faoliyati, jumladan Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi (TIKA) prezidenti örinbosari lavozimidagi barça tajribasidan foydalanganligiga işontirdi.

Suhbat çoğida köp qirrali ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ötgan yil bahorida bölib ötgan prezident Rajab Toyyib Erdöğanning Özbekistonga davlat taşrifi va prezident Şavkat Mirziyoyev bilan samarali muzokaralari davlatlararo munosabatlarda yangi sahifa oçgani ta'kidlandi.

Özbekiston tomonining ma'lumotlariga köra, 2018 yili özaro savdo aylanmasi hajmi 40 foizga ösib, 2 milliard 172 million AQŞ dollarini taşkil etdi. Mamlakatga 75 mingga yaqin Turkiya fuqarolari taşrif buyurdi, bu esa ötgan yilga qaraganda deyarli ikki baravar köpdir. Bu kabi ijobiy özgariş özaro munosabatlarning boşqa sohalarida ham kuzatilmoqda.

Uçraşuvda boşlangan yildagi qöşma tadbirlar rejasi va kun tartibi yuzasidan fikr almaşildi, uşbu tadbirlar orasida ikki davlat rahbarlarining raisligida Strategik hamkorlik böyiça Oliy kengaşning birinçi majlisi markaziy hisoblanadi. Şu nuqtai nazardan, 2019 yilda Özbekiston-Turkiya siyosiy muloqotining asosiy voqeasiga tayyorgarlik köriş böyiça takliflar körib çiqildi.