Venesuela milliy assambleyasi mamlakat markaziy banki xodimlaridan Rossiyaga 20 tonna oltin olib çiqib ketişga uriniş haqidagi ma'lumotga tuşuntiriş berişni talab qildi. “Biz barça tafsilotlarni talab qilamiz. Bu Kaliksto Orteganing (Venesuela banki rahbari) şaxsiy oltinlari emas. U xalqqa tegişli”, deb aytilgan tvitterdagi xabarda.
Deputatlarning ta'kidlaşiça, oltinni olib çiqib ketişi kerak bölgan samolyot Moskvadan Karakasga yetib kelgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga unda Moskvada Venesuela milliy bankidan oltin olib çiqib ketiş rejasi haqida ma'lumot yöqligini aytgan.
“Bunday ma'lumot yöq. Rossiya uşbu mamlakatning içki işlariga aralaşmagan holda, içki siyosiy vaziyatni tartibga solişda har tomonlama kömak körsatişga tayyor”, deb aytgan Peskov.
Peskov unga Nordwind aviakompaniyasining 28 yanvarda Moskvadan Karakasga yölovçilarsiz uçgan yölovçi samolyoti haqida biror narsa ma'lumligi yoki yöqligi haqidagi savolga rad javobini bergan.













