Bunday videolavhalar vaqti-vaqti bilan tarqalib turadi va virtual olamni larzaga keltiradi. Kimdir öz nazdida aybdor deb hisoblagan odamini köpçilik köz öngida jazolaydi, atrofdagilar esa bunga çek qöyiş, qarşilik körsatiş örniga kuzatiş va suratga oliş bilan maşğul böladilar. Xöş, bizning nazarimizda kundan-kunga köpayayotgan olomon jazosi (keyingi örinlarda «samosud») qanday omillar tufayli yuzaga kelmoqda?
Avvalo bir faktni ta'kidlaş lozim – samosud holatlari avval ham bölgan, hozir ham yuz bermoqda va katta ehtimol bilan kelgusida ham kuzatilaveradi. Şunçaki, omma orasida katta rezonans berayotgan holatlar sababi zamonaviy texnologiyalar asrida har bir jarayon videoga muhrlanayotgani va tez sur'atlarda tarqatilayotgani tufayli hozir bunday holatlar köpdek tuyiladi. Bu borada rasmiy statistika yuritilayotgani töğrisida ma'lumotlar yöq.
Oxirgi holatga e'tibor berilsa, ayol öz yaqinlari bilan birgalikda eri va erining jazmanini maşinada tutib olgan. Har ikkisi birdaniga döpposlab ketilganiga va uruvçilarning sözlariga qaraganda er ham, jazman ham bir neça marta ogohlantirilgan, ammo ular munosabatlariga çek qöyişmagan. Videoning ikkinçi qismida kaltaklaş tobora kuçayib, köpçilik köz öngida ayolning yuzi qonga belanib, unga tan jarohati yetkaziladi.
Yaqin bir yil içida Özbekistonda bir neçta şunday holat kuzatildi — Beruniyda öğrilikda gumon qilingan yigit qölidan osib sazoyi qilindi, Andijonda ham öğrilikda gumon qilingan, olomon qahriga uçragan ayol özini soyga otib qutuldi, Toşkent markazida qiliç bilan qurollangan yigitlar qarzdorlikda ayblanayotgan yigitni köpçilik orasidan tahdid bilan maşinaga tiqib olib ketişdi, Samarqand viloyatida fermerning ukalari xöjalik hududiga kirgan ayolni xörlaşdi.
Şuningdek, Rossiyada fohişalik bilan şuğullanayotgan özbek qizlarining öz millatdoşlari bölgan erkaklar tomonidan asosan soçlari qirtişlab olib taşlaş tarzidagi jazolanişi ham köp kuzatildi. Bu örinda aytib ötiş kerakki, bunday videolavhalarning qahramonlari özbek bölsalar-da, özbekça gapirsalar-da, aksariyati Özbekiston fuqarolari emas. Qardoş davlatlarda yaşovçi etnik özbeklar tomonidan uyuştirilayotgan bunday samosud holatlari köp hollarda Rossiya huquqni muhofaza qiliş organlari e'tiboridan çetda qolyapti.
Insoniyat hamişa qonun buzilişiga nisbatan «olomon qahri» qöllanişiga moyil bölgan. Jinoyat qilgan odamning şu onda, köpçilik köz öngida va iştirokida jazolanişi, imkon qadar qatl qilinişi adolat tantanasi sifatida baholangan. Tarix öz sahifalarida bunday voqealarning juda köpini muhrlagan.
Özbekistonda samosud holatlari hozirça olomonning yengil jazolari bilan yakunlanyapti va bu yaxşilik alomati. Ya'ni, tarixdagi kabi inson hayotiga nuqta qöyilgan samosudlar kuzatilmadi. Köpçilik Jamşid Kenjayevning tungi klubdagi ölimini ham samosudga tenglaştiryapti. Ammo bu holatni köproq kutilmagan ziddiyat tufayli sodir bölgan ölim deb hisoblaş mumkin (aniq bahoni sud beradi).
Samosudni qoralaganlar köpçilikni taşkil qilsa-da, bunday holatlarni yoqlaganlar ham talaygina. Umuman, bu amaliyot ham insoniyat hamişa bahslaşib ötadigan jarayonlardan biridir va hamişa uni oqlovçilar hamda qoralovçilar topiladi.
Xöş, bunday holatlar sababi nima?
Odamlar ongida har doim jinoyatçiga şu onda va şafqatsiz jazo beriş istagi kuçli böladi. Ayniqsa davlat tomonidan jazo muqarrarligi şubha ostida, yoki yengil jazo bilan qutiliş ehtimol yuqori bölsa, samosud holatlari köpayadi.
Özbekistondagi bunday holatlar kuzatilişini ham bir neça omillar bilan boğlaş mumkin.
* Olomon tomonidan sazoyi qilib jazolaş bunday ayblarga çek qöyadi, degan tor tuşunça bor. Aslida esa bu jazoning samarasi juda şubhali;
* Köpçilikning huquqiy ongi samosud qilişning özi jinoyat ekanligi, buning uçun real jazoga tortiliş mumkinligini, har qanday jinoyat albatta suriştiruv-tergov jarayonidan ötişi, jinoyatda ayblanuvçi himoyalaniş imkoniyatiga ega bölişi şartligi, jinoyatçi tamğasini qöyiş va jazo belgilaş faqat sud vakolati ekanligini anglamaydi;
* Içki işlar tizimlarida yuz bergan qator voqealar, jumladan, Kattaqörğonda ayolning yeçintirilişi va tahqirlanişi militsiya xodimlarining özi ham qonundan taşqari jazo qöllaşi mumkinligini körsatgan bölsa, içki işlar vazirligi boşqarma boşliği Dilşod Akramov öz xizmat xonasida öldirib ketilişi fuqarolarni himoya qiluvçi organning özi himoyaga muhtoj bölib qolgan, degan tasavvur paydo qildi. Bularning hammasi şoşilinç qaror çiqaruvçi kişilar ongida aynan samosud zarurligi haqida fikr uyğotgan;
* Samosud jarayonida köp hollarda olomon vakillari gumondorni bir qörqitib qöyişni, şu yöl bilan jinoyatdan qaytarişni öylaydi. Lekin vaziyat har onda izdan çiqib ketişi, köpçilik otgan bittadan toş yoki tuşirgan bir donadan muşt bir insonning hayotiga yakun yasaşi mumkinligini anglab yetmaydi;
* Zamonaviy gadjetlarning har onda xizmatga şayligi, qiziqarli tuyilgan har qanday jarayonni suratga olib, videolavhalarni internetga joylaş ortidan qahramonga aylaniş istagi ham bor. Ayrim samosudçilar öz harakatlari videoga olinayotganidan yanada zavqlanadilar va adolat kuraşçisi sifatida maydonga çiqayotganlaridan ğururlanadilar. Aslida esa öz jinoyatlarini rad etib bölmas dalillar bilan muhrlab qöyadilar, xolos.
Samosud uyuştirganlarga nisbatan jazo individual aniqlanadi, ya'ni har bir holat alohida örganilib, har bir iştirokçining harakatiga alohida huquqiy baho beriladi.
Samosud holatlari butun dunyoda kuzatilgan va hamon davom etib kelmoqda. Hozirga qadar ham Boliviyada öğrilar va talonçilar olomon oldida osiladi, qatlni ijro qilganlar aytarli jazoga tortilmaydi. Köpçilik uylar oldida dorga osilgan qöğirçoq borligi öğrilarga jazoning muqarrarligini eslatib turadi.
Lekin inson huquqlari (jumladan aybi sud tomonidan tasdiqlangan jinoyatçilar huquqlari ham) ustuvor bölgan har qanday davlat, xususan, Özbekistonda ham har qanday samosud holatlari qattiq qoralanadi. Çunki, har qanday aybdorga sud tomonidan va qonun doirasidagina jazo berilişi mumkin.
Abror Zohidov












