Ijtimoiy tarmoqlarda «samosud» holati tasvirlangan yana bir video tarqaldi. Unda Andijon viloyatining Şahrixon tumanida öğrilikda gumonlanib, olomon tomonidan kaltaklangan katta yoşli ayol qoçiş uçun özini soyga taşlab, oqib ketganini köriş mumkin.
Xalq deputatlari Uçtepa tuman kengaşi deputati Nuriddin Zaynitdinov uşbu holatga öz munosabatini bildirdi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda bugun tarqalgan yana «bozorçi»lar tomonidan Andijon viloyatining Şahrixon tumanida öğrilikda gumonlanib, olomon tomonidan samosud qilinayotgan katta yoşli ayol qoçiş uçun özini soyga taşlab, oqib ketgani aks etgan video tarqaldi.
Insonlar borgan sari, ilmsizlik va dunyoqaraşining torligidan tubanlaşib bormoqda. Aqli raso inson hazm qilolmaydigan işlar bölmoqda.
Oldin ta'kidlaganimdek, kim bölişidan qat'i nazar bunday holatga yöl qöyilişi mumkin emas! Heç qaçon!
Jamiyat u qanday jamiyat bölmasin, u albatta qonun-qoida asosida, tartib-intizom bilan yaşaşni istaydi, şundagina millat, xalq birligi, totuvligiga erişiladi.
Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oşirilişi şart», - deb yozadi deputat.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qoraqalpoğistonda «samosud» yuz bergani, öğrilikda gumonlanuvçini qölidan osişgani xabar qilingandi.











