Ijtimoiy tarmoqlarda bir neçta şaxslar fuqaroni urayotganligi aks etgan video tarqaldi. Toşkent şahar IIBB holat yuzasidan ma’lum berdi.
Ma’lum qilinişiça, janjal joriy yilning 1 iyul kuni taxminan soat 20:25 larda Yunusobod tumani, Iftixor köçasida sodir bölgan. Oldindan özaro taniş bölgan fuqarolar 1988 yilda tuğilgan N.T., 1993 yilda tuğilgan S.Q., 1987 yilda tuğilgan D.Q., 1995 yilda tuğilgan H.Q., 1994 yilda tuğilgan J.I. hamda 1997 yilda tuğilgan Ş.O. qarz masalasida oğzaki janjallaşib qolişgan. S.Q., D.Q, va H.Q. jamoat tartibini buzgan holda jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimay, N.T.ni urib tan jarohati yetkazişgan. Söng uni özlari kelgan maşinada uyi oldiga olib borişgan.
Jabrlanuvçi şifoxonada birlamçi tibbiy yordam körsatilganidan söng uyiga ketgan.
Holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumon qilinuvçilar protsessual tartibda uşlangan. Hozirda tergov işlari olib borilmoqda.
Oldinroq Toşkentda gul dökonida janjal uyuştirgan şaxsga jinoyat işi oçilgandi.











