Samarqand viloyati Narpay tumanida boğdan olma öğirlagan bolalarni arqon bilan boğlab haqorat qilgan va urib, tan jarohati yetkazgan erkak “samosud” qilindi.

Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi Jahongir Sagdullayevning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, Narpay tumani Oqoltin mahallasida yaşovçi fuqaro T.O‘. öziga tegişli olma boğida mevalarni öğirlayotgan bolalarni uşlab olgan va ularni çaylasiga olib kelib, öğrilik qilgani uçun oğzaki koyib, tanbeh bergan.

Şundan söng bolalardan birining otasi boğga kelib, T.O‘.ni urib, tan jarohati yetkazgan, qöl va oyoqlarini arqon bilan boğlab “samosud” qilgan. Boğ egasi 2024 yil 8 iyul kuni Narpay tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, özini urib “samosud” qilgan şaxsga qonuniy çora körişni söragan.

Şuningdek, bolalarning otasi ham joriy yil 6 iyul kuni Narpay tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, qişloqdoşi T.O‘. ning olma boğidan mevalarini öğirlagan bolalarni haqorat qilib, urib, tan jarohati yetkazgani va arqon bilan boğlab qöyganini bildirib, unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (zörlik işlatib ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.