Tahririyatimizga Qoraqalpoğiston respublikasi Beruniy tumanidan yuborilgan videolavha kelib tuşdi. Unda tumanning Şabboz dehqon bozorida insonning tahqirlanişi bilan boğliq holat tasvirlangan. 

Ma'lum qilinişiça, bozorda savdo qiluvçilar öğrilik qilganlikda gumonlangan şaxsni tutib olişib, içki işlar idoralariga murojaat qiliş örniga özlariça jazolaşga qaror qilişgan. Bir töda kişi uni bozorga kiraveriş darvozasiga qölidan osib qöyişgan va videotasvirga olgan. 

Qayd etiş kerakki, keyingi vaqtlarda «samosud» holatlarini videoga olib tarqatiş hollari köpaydi. Bundan avval, Xorazm viloyatida olingan şunga öxşaş video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

Şu örinda «Kun.Uz» Özbekiston fuqarolariga şuni eslatadiki, har bir insonning şa'ni, qadr-qimmati, obrösi mamlakat qonunçiligi bilan himoyalangan. Biz huquqiy davlatda istiqomat qilayotgan ekanmiz, öğrilik yoki har qanday boşqa huquqbuzarlik va jinoyat uçun jazo beruvçi davlat idoralari borligini, heç kimni aybi isbotini topmagunça istalgan fuqaro öz xohişi bilan jazolaşga umuman haqi yöqligini eslatib ötmoqçimiz. Qonunbuzarlikda gumon qilingan şaxs uşlangan taqdirda yaqin oradagi içki işlar idoralariga telefon orqali yoki şaxsan borib murojaat qiliş talab etiladi. 

Şu bilan birga, tahririyat Içki işlar vazirligi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar e'tiborini jamiyatdagi şu kabi salbiy holatlar va ularning oqibatining oldini olişga qaratib qoladi. Bundan taşqari «Kun.Uz» muxbiri Beruniy tumani IIB bilan boğlanib, voqeaga oydinlik kiritişni söradi. Tez orada mazkur voqea yuzasidan rasmiy izoh taqdim etiladi.