Samarqand viloyati Past Darğom tumanida maktab öquvçisining “samosud” qilingani aytilgan xabarlar yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

Ta’kidlanişiça, 16 may kuni Past Darğom tumani IIBga 2009 yilda tuğilgan bolaning tan jarohati olganligi haqida uning onasidan ariza kelib tuşgan.

Ma’lum bölişiça, bola tumandagi 20-maktabning 9-sinfida ta’lim oladi. U şu maktabning 6-sinf öquvçisiga sevgi izhor qilgan, söng qizning akasi bundan xabar topgan. Qizning akasi 15 may kuni bolani öz uyining içiga olib kirib, unga tan jarohati yetkazgan. Şuningdek, erkak göyoki bolaning ta’zirini beriş maqsadida bolaning soçi va qoşini qayçi bilan qirqib, uyidan çiqarib yuborgan.

Vaziyat Bolalar ombudsmani nazoratiga olingan. Xabarda tergov davomida voyaga yetmagan şaxsga nisbatan sodir etilgan boşqa ğayriqonuniy harakatlarga huquqiy baho berilayotgani, qöşimça axborot berilişi ma’lum qilingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq öquvçi yigitning soçi, qoşi qirilganidan taşqari yelkasi ham sindirilgani aytilgandi. 30 yoşli erkak bu işni bola singlisi bilan hazillaşgani ortidan qilgani ta’kidlangandi.

Holat yuzasidan Past Darğom tumani IIB huzuridagi tergov bölimi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatgan.