BMTning Savdo va taraqqiyot böyiça konferensiyasi (YuNKTAD) mutaxassislari AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo uruşining uşbu ikki davlat va jahon iqtisodiyoti uçun oqibatlari qanday bölişini baholaşdi.
Reuters axborot agentligining ma'lum qilişiça, YuNKTAD vakili Pamela Kok-Gamiltonning fikriça, xalqaro savdo tizimi uçun oqibatlar öta salbiy böladi. Uning aytişiça, AQŞ 1 martdan Xitoy mahsulotlariga bojlarni tiklasa, dunyoni “valuta uruşlari va işçi örinlari yöqotilişiga olib keluvçi devalvatsiya”, “savdoni deformatsiyalovçi bir qator oqibatlarga olib keluvçi keskin effekt” kutmoqda.
YuNKTAD mutaxassislarining fikriça, yuz beradigan dastlabki oqibatlardan biri avval AQŞ va Xitoy örtasida mavjud bölgan savdo oqimlarining qayta taqsimlanişi böladi.
“Yevropa Ittifoqiga AQŞ va Xitoy örtasidagi savdoning 70 mlrd dollari ötadi. Yaponiya, Meksika va Kanada esa 20 mlrd dollardan oladi”, deb aytgan Kok-Gamilton.












