Bryusselda 250ga yaqin xitoylik va 200 nafar rossiyalik josus işlayapti. Bu haqda Die Welt gazetasi YeI diplomatlariga tayangan holda xabar bermoqda.

Naşrning ta'kidlaşiça, Yevropa taşqi faoliyat xizmati içki xavfsizlik xizmati Bryusselda işlayotgan diplomatlarga Yevropa mavzesidagi (Yevroittifoqning Bryusseldagi ofislari katta qismi joylaşgan, Bryusseldagi mavze norasmiy nomi) bir qator joylarga e'tibor qaratişni maslahat bergan. Xususan, bu Yevrokomissiya qarorgohi yaqinida joylaşgan tamaddixonalar va kafelarga aloqador.

Xizmatdan aniqlik kiritişlariça, Xitoy va Rossiya maxsus xizmatlari xodimlari asosan öz davlatlari elçixonalari yoki savdo vakolatxonalarida işlaydi.

Şuningdek, Die Welt xabariga köra, Rossiya bundan avval Belgiya poytaxtidagi josuslar soni böyiça yetakçilik qilgan, ammo aniq ma'lumotlar berilmagan. Şuningdek, Bryusselda AQŞ va Marokaş agentlari faol işlaydi.