9-10 fevral kunlari Xorvatiya poytaxti Zagreb şahrida yunon-rum kuraşi böyiça kattalar örtasida reyting turniri bölib ötdi. Musobaqada Özbekiston terma jamoasi a'zolari ham iştirok etişdi.

Musobaqa yakunlariga köra özbekistonlik beş nafar sportçi sovrindorlar qatoridan joy oldi:

-63 kg: Islomjon Bahromov (oltin)
-63 kg: Feruz Töxtayev (bronza)
-67 kg: Yelmurat Tasmuradov (oltin)
-97 kg: Jahongir Turdiyev (bronza)
-130 kg: Möminjon Abdullayev (kumuş)

Özbekiston vakillari uşbu musobaqa orqali Tokio 2020 Olimpiadasi litsenziyasi uçun reyting oçkolarini işlab olişdi.

Qayd etiş lozimki, Özbekiston terma jamoasi vakillari turnirda umumjamoa hisobida ikkinçi örinni egallaşdi. Birinçi poğonadan Turkiya terma jamoasi joy olgan bölsa, kuçli uçlikka mezbon Xorvatiya terma jamoasi yakun yasadi.

Foto: MOQ axborot xizmati