Parij-2024 Olimpiadasida musobaqa tarixidagi eng katta voqeliklardan biri kuzatildi. 20 yildan buyon Olimpiadalarda kuraşayotgan kubalik afsona Mixain Lopes 5 karra Olimpiya öyinlari çempioniga aylandi. Tasavvur qiling, u 16 yil davomida Olimpiadada bitta ham xato qilgani yöq. 41 yoşli gigant faoliyatining sönggi daqiqalarida kuraşçilar keyingi yuz yillar davomida ham erişişi ulkan maşaqqat bölgan natijaga erişdi.

Foto: Getty Images

Yunon-rum kuraşi böyiça 130 kilogrammgaça bölgan vazn toifasidagi finalda Lopes çililik Yasmani Akostani 6:0 hisobida mağlub etdi. Kubalik sportçi Pekin-2008 va London-2012 120 kg vaznda, Rio-2016, Tokio-2020 va Parij-2024da esa 130 kg vaznda oltin medalga sazovor böldi. Afsonaviy sportçi individual körinişda ketma-ket 5ta yozgi Olimpiya öyinlarida oltin medal olgan tarixdagi birinçi sportçi böldi.

Mixain Lopes ilk marta Olimpiadada 2004 yilda qatnaşgan. Oradan 20 yil ötib, afsona sarguzaştini 5ta Olimpiya öyinlari oltin medali bilan yakunlamoqda. U sönggi bellaşuvida raqibi ustidan 6:0 hisobida ğolib böldi va bu uning Olimpiadalardagi iştirokiga mos natija edi. Ammo ramziylik şu bilan tugamadi – u poyabzalini yeçib, gilamda qoldirdi va şonli faoliyatini qarsaklar ostida yakunladi.

Foto: Getty Images

Mixain Lopes bundan 3 yil avval, Tokiodagi Olimpiadadayoq 4-oltin medalni qölga kiritib, tarixdagi eng sovrindor kuraşçiga aylangandi. U 2021 yilda bu borada rekordçi bölgan Aleksandr Karelinni ortda qoldirgan.

Lopes hozirda 41 yoşda, ammo u faoliyatidagi 6-Olimpiadada qanday tayyorgarlik körgani va barçasini qay darajada çiroyli tugatgani istalgan sportçi uçun şunçaki orzu, desak mubolağa bölmaydi. Bu professionallikdan ham yuqoriroq daraja.

Foto: Getty Images

Köpçilik, Lopesning Olimpiadalardagi 5ta oltin medali nega afsonaviy natija deyişi mumkin. Har holda boşqa sport turlarida öz hisobiga 6, 7ta oltinni qöşib qöygan sportçilar ham bor.

Gap şundaki, kuraşçilarda gimnastlar, suzuvçilar va eşkakçilardan farqli ravişda har tört yillikning eng katta sport turnirida faqat bitta oltin yutiş imkoniyati böladi. Afsonaviy kubalik esa bu imkoniyatdan barçadan köra yaxşiroq foydalana oldi. Tasavvur qiling, Mixain 16 yil içida bitta ham xatoga yöl qöymadi va biror marta ham çiqişini boy bermagan.