Rossiya NATOni "sindirmoqçi", dedi AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Polşaning Bemovo şahrida joylaştirilgan amerikalik harbiylar bilan uçraşuvida.
"Davr özgardi. Bir paytlar sovetlar tajovuzidan qörqardik. Bugungi kunda qömondonlarimiz Rossiya tajovuziga nisbatan huşyor turibdi", - dedi Pompeo.
"Vladimir Putin ittifoqimizni sindirişni rejalaştirgan. Şuning uçun NATOning şarqiy qanotidagi iştirokimizni kuçaytirdik", - dedi u.
Pompeo Polşaga Yaqin Şarq böyiça vazirlar konferensiyasida iştirok etiş uçun taşrif buyurdi.












