Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Kun.uz'da yoritilgan masalaga yana qaytdi. Gulnora Fayziyeva 4 nafar farzandiga tuğilganlikni qayd etişda paydo bölayotgan muammoni yengib ötolmayotgani haqida Kun.uz'da maqola e'lon qilingandi. Xöş, maqoladan söng nima özgardi? 

Dastlab, maqolada ismi ta'kidlangan FHDYo mudirasi Nargiza Karimova munosabat bildirib, «IIBdan olingan yaşaş manzili haqidagi ma'lumotnoma Fayziyevaning 4 nafar farzandining tuğilişini qayd etiş uçun asos» bölmasligini qat'iy ta'kidladi. Mamarafiqovning uşbu 4 nafar bolalarga nisbatan otalikni belgilaş masalasi yuzasidan esa sudga murojaat qiliş lozim, deb hisoblaydi mudira. 

Oila kodeksi 61-moddasida yozilişiça, bolaning onasi bilan nikohda bölmagan şaxsning otaligi özini bolaning otasi deb tan olgan şaxs va onaning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qiliş organiga birgalikda topşirgan arizasiga binoan belgilanadi. 

Lekin Fayziyevaning fuqarolik pasporti mavjud emasligi, uning FHDYoga ariza bilan murojaat qilişiga monelik qiladimi? Bu savolga yakdil javob yöq. 

Oradan biroz ötib, Davlat xizmatlari agentligi ham mazkur masala yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. 

Agentlik tarqatgan xabarda bolalarning tuğilganligini qayd etişga asos böluvçi Xalq ta'limi bölimi qoşidagi vasiylik va homiylik organining FHDYo bölimiga umuman murojaat etmagani ifoda etilgan. Ammo Kun.uz'da nusxasi mavjud xatda yozilişiça, Toşkent viloyati Toşkent  Xalq ta'limi bölimi mudiri FHDYo bölimiga rasmiy murojaat bilan çiqqan. Xatda bolalarning ota-onasi, farzandlarning şaxsiy ma'lumotlari keltirilib, bolalarga tuğilganlik guvohnomasini olişda kömak söralgan. 

Agentlik tarqatgan ikkinçi munosabat quyidagi tuşunarsiz jumla bilan yakunlanadi:

«Şu örinda, fuqarolarga murojaat etmoqçimizki, öz vaqtida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini va boşqa şaxsga oid hujjatlarni rasmiylaştiriş borasida tegişli vakolatli organlarga murojaat etişlari lozim, aks holda ularda ham yuqoridagi kabi holat takrorlanişi mumkin», – deb yakunlanadi munosabat matni. 

Davlat xizmatlari agentligi vaziyatga munosabat bildiriş bilan çeklanib qolmadi, agentlik Kun.uz'da e'lon qilingan maqolaga raddiya ham berdi. 

Unda yozilişiça, xorijiy şaxsga Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasi va fuqaroligi bölmagan şaxsga Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasi ularning Özbekiston Respublikasida doimiy yaşaş huquqini tasdiqlovçi hujjatlar hisoblanadi, «Özbekiston Respublikasi fuqaroligi töğrisida» Özbekiston Respublikasi Qonuni kuçga kirgandan keyin Özbekiston Respublikasiga kelgan va biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligining isbotiga ega bölmagan şaxslar uçun esa — ularning şaxsini ham tasdiqlovçi hamda fuqaroligi bölmagan şaxsning huquqiy maqomini belgilab beruvçi hujjat hisoblanadi. 

Agentlik maqolani izçillik bilan örganmagan çoği, unda içki işlar organlari sörovnoma yuborilgandan keyin uç oy içida javob kelib tuşmasa, şaxsga taqdim etilgan hujjat bilan kifoyalanişi haqida yozilgan. Raddiyada ayolning pasporti bor yo yöqligi muhokama etilib, bolalarning tuğilganlik haqida guvohnomasiz qolib ketayotgani ikkinçi darajali işga aylanib qolgan.

«Qonun ustunmi yo hissiyot?» sarlavhali raddiyada Mamarafiqov bolalarning otasi ekanligini tasdiqlovçi huquqiy hujjatni FHDYoga taqdim etmagani aytiladi. Yuqorida ta'kidlangandek, ota-onaning özaro arizasi bilan aniqlik kiritiladigan masalada yana qanday huquqiy hujjat talab etilişi mumkin? Bu masala ham oçiq qoladi.

Faqat bir narsa tuşunarsiz bölyapti: yuqorida agentlik tarqatgan ma'lumotlarning çin ekanligini tasdiqlayotgan taşkilot axborot xizmati boşliği Sevara Zokirova masalaga boşqa köz bilan, agentlik direktori Halilillo Töraxöjayev esa boşqaça yondaşmoqda. 

Direktor maktab ta'limidan mosuvo qolişi mumkin bölgan bolalar manfaatidan kelib çiqib, vaziyatga yeçim topişni öylayapti. Qolgan mutasaddilar esa öz harakatini oqlamoqçidek körinadi.