Avvallari ayrim FHDO xizmatlaridan foydalaniş uçun fuqarolar idoraga şaxsan borişi, navbat kutişi va buning uçun alohida vaqt ajratişi talab etilardi.
Endilikda qator xizmatlar raqamlaştirilib, ulardan uydan yoki iş joyidan çiqmagan holda onlayn foydalaniş imkoni yaratilgan.
Xususan, fuqarolar nikohni qayd etiş uçun elektron ariza topşirişi mumkin.
Şuningdek, tuğilganlikni qayd etiş va tegişli guvohnomani oliş uçun ariza yuboriş ham masofaviy tarzda amalga oşiriladi.
Bundan taşqari, tuğilganlik, nikoh va FHDO organlarida qayd etilgan boşqa holatlarga oid hujjatlarning takroriy nusxalarini oliş uçun ham onlayn murojaat qiliş imkoniyati mavjud.
Onlayn xizmatlarning joriy etilişi fuqarolarning vaqtini tejaş, idoralarga boriş va navbat kutiş bilan boğliq ovoragarçiliklarni kamaytirişga qaratilgan.
FHDO xizmatlaridan onlayn foydalaniş tartibi böyiça batafsil maʼlumot maxsus videoqöllanmada taqdim etilgan.
















