SSSR davlatining parçalanişi özidan keyin muammolarni ham paydo bölişiga sababçi böldi. Xususan, ittifoqdoş mamlakatlar çegarasi va şaxslarning fuqarolikni oliş tartibini barça öz talqiniça köra boşladi. Biroq, bu maqolada aytmoqçi bölganim — boşqa masala.
Gap şundaki, 1984 yili Özbekiston hududida tuğilgan (va tuğilganligi haqida guvohnomaga ega bölgan) Gulnora Fayziyevaning yaşaş joyi sobiq Sovet tugatilişi bilan Qozoğiston hududiga töğri kelib qoldi. Fuqarolik pasportini oliş uçun u Özbekiston Respublikasi mutasaddi organlariga murojaat etdi, albatta, keyinçalik Özbekiston hududiga köçib ötib, şu yerda muqim yaşay boşladi. Ammo unga fuqarolik pasporti berilmadi. Gulnora 2017 yili fuqaroligi bölmagan şaxslar uçun taqdim etiladigan pasport uçun ariza topşirdi, ammo undan ham darak yöq.
Muammo nimada? Masalaning jiddiy tarafi şundaki, Gulnora turmuş örtoği bilan rasman nikohdan ötişga imkoniyati yöq, şu orada esa oilada 4 nafar farzand tuğildi. Ular ham onasi kabi hujjatsiz, tuğilganligi töğrisida guvohnomasi yöq, töğriroği berilmayapti.
Özbekiston Respublikasi Oila kodeksining 205-moddasiga muvofiq, bolaning tuğilişini qayd etiş majburiy bölib, bu tuğilgan joydagi yoki ota-onadan birining doimiy yaşaş manzili böyiça FXDYo organida bir oy muddat içida amalga oşirilişi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi qarorida ta'kidlanişiça, ota-onalardan birining şaxsini tasdiqlovçi hujjat bölmagan alohida hollarda FHDYo organi tuğilganlikni qayd etişni rad qilişi mumkin emas. Bunda hujjatlari bölmagan ota yoki ona haqida ma'lumotlar nikoh tuzilganligi yoki avvalgi bolalarining tuğilganligi haqidagi guvohnomalari asosida körsatiladi.
Ammo biz körib çiqayotgan yuqorida körsatilgan sabablar bilan nikoh rasman tuzilmagan va bolalarning heç biri guvohnomaga ega emas. Şunga qaramay, ota-onaning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar bölmaganda bolaning tuğilganligini qayd etiş tibbiyot muassasasining yoki vasiylik va homiylik organining yozma murojaatlariga asosan amalga oşiriladi.
Tört nafar voyaga yetmagan farzandlarning barçasi tuğruqxonada dunyoga kelgan va bu haqda tibbiyot muassasasining ma'lumotnomasi mavjud. Vasiylik va homiylik organi yozma murojaat qilmasligi qat'iy ta'kidlamoqda.
«Negaki, bolalarning otasi Özbekiston fuqarosi va uning fuqarolik pasporti mavjud. Onaning fuqaroligi aniqlanmagan, ammo şaxsini tasdiqlovçi hujjat — içki işlar bölimi tomonidan berilgan tegişli namunadagi ma'lumotnoma bor. Demak, ota ham, ona ham şaxsini tasdiqlovçi hujjatga ega. Agar nikoh holati rasman qayd etilmagani yoki otalikni belgilaş muammo bölsa, iş sud ajrimi bilan hal qilinişi kerak», —deydi organ vakili.

















