Qirğizistondan Saudiya Arabistoniga CamelFestival doirasida ötadigan “Köçmançilar olami” etnofestivaliga deyarli 100 çavandoz va yana şunça ot jönatiladi. Bu haqda Qirğiziston köpkari federatsiyasi prezidenti Jirgalbek Samatov ma'lum qildi.
Festival 9-23 mart kunlari Saudiya Arabistonida bölib ötadi. Unda 95 dan ziyodroq davlat vakillari iştirok etadi.
“Qirğizistondan 100 çavandozni oti bilan jönatamiz: 75 ta köpkari öyinçilari oti, qolganlari kaskadyorlar oti. Otlar hozir vaksinatsiyadan ötmoqda. Xarajatlarni taşkilotçi öz zimmasiga olgan. Biz otlarimizni va köpkari qanday öynalişini namoyiş qilamiz”, deb aytgan Samatov.
Samatovning aytişiça, şu munosabat bilan Saudiya Arabistonidan otlarni taşiş uçun samolyotlar jönatilgan. Köpkari öyinçilari boşqa samolyotda jönaydilar.
Festival Ar-Riyodda bölib ötadi. Uşbu tadbir davomida davlatlar öz madaniyatlari, urf-odatlari va milliy sport turlarini namoyiş qiladilar.












