Moskvaning «Spartak» klubi Kontinental xokkey ligasi (KXL) doirasida Minskning «Dinamo» klubiga qarşi bahsni Toşkentda ötkazadi.
Öyin 22 dekabr kuni 12 ming örinli «Humo Arena»da bölib ötadi. Özbekiston KXL öyinini ötkazgan 16-davlat böladi, deb xabar berdi RBK. Şuningdek, Özbekiston birinçi marta KXL öyiniga mezbonlik qiladi.
Kontinental xokkey ligasi 2008 yilda Rossiya hamda Yevropa va Osiyoning boşqa mamlakatlari klublari uçun tuzilgan xalqaro xokkey ligasi. 2024/25 yilgi mavsumda ligada 23 ta klub iştirok etmoqda: Rossiyadan 20 ta, Belarus, Qozoğiston va Xitoydan bittadan.
KXL muntazam çempionati ğolibi Kontinent Kubogini, pley-off ğolibi Gagarin Kubogini qölga kiritadi. Liga Ğarbiy va Şarqiy konferensiyalarga ajratilgan. «Spartak» Ğarbiy konferensiyada ikkinçi, «Dinamo Minsk» yettinçi örinni egallab turibdi.

















