Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Guliston şahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini çuqur öqitişga ixtisoslaştirilgan maktab-internatni taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Sirdaryo viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining Guliston şahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini çuqur öqitişga ixtisoslaştirilgan maktab-internat faoliyatini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.
Belgilab qöyilişiça:
2019-2020 öquv yilida maktab-internatning 5-6-7-8-sinflariga,
2020-2021 öquv yilidan boşlab esa 5-sinfiga 30 nafardan öquvçi qabul qilinadi;
Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga maktab-internatning moddiy-texnika bazasidan, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojdan kelib çiqqan holda keyingi yillarda öquvçilarni qabul qiliş kvotalariga özgartiriş kiritiş huquqi beriladi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi (Bekenov), Moliya vazirligi (Haydarov), Quriliş vazirligi (Töxtayev), Xalq ta'limi vazirligi (Şermatov) hamda Sirdaryo viloyati hokimligi (Mirzayev) bilan birgalikda loyiha-smeta hujjatlari asosida 2019 yil Investitsiya dasturiga qöşimça ravişda 150 örinli maktab-internat binosi va 100 örinli yotoqxona quriş hamda jihozlaş uçun zarur mablağlarni ajratilişini nazarda tutadi.
Maktab-internatning bino va inşootlarini quriş böyiça:
Sirdaryo viloyati hokimligining “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyasi – buyurtmaçi etib belgilanadi;
boş loyiha va boş pudratçi taşkiloti belgilangan tartibda tender (tanlov) savdolari natijasida aniqlanadi.
Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi qurilayotgan obektning loyiha-smeta hujjatlari va olib borilayotgan quriliş-montaj işlarini sifati yuzasidan davlat arxitektura-quriliş nazoratini amalga oşiradi.
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda maktab-internatga oliy ta'lim muassasalarining özbek tili va adabiyoti fakultetlarini tamomlagan iqtidorli pedagog-kadrlarni jalb etilişini ta'minlaydi.








