Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko bir ayolning boşidan şapkasini yulib olgani videosini muhokama qilişmoqda.

Ma'lum qilinişiça, rolikni birinçi bölib jurnalist Tatyana Visotskaya e'lon qilgan. Uning ta'kidlaşiça, video Poroşenkoning 27 fevralda Zaporojyega taşrifi vaqtida suratga olingan.

Videodan Poroşenko xalq bilan uçraşuv vaqtida bir ayol unga nimadir demoqçiligini, biroq Ukraina prezidenti uning boşidagi şapkasini yulib olganini köriş mumkin. Foydalanuvçilar buni şaxsan Poroşenko qilganini ta'kidlaşmoqda, biroq videoda ayolning şapkasini aynan Poroşenko yoki uning tansoqçisi yulib olganini ilğaş qiyin.

“Ayol undan “Janob prezident, menga şapka ota olmaysizmi?” deb söragan. U esa haqiqiy prezident sifatida xalqqa yöq deya olmagan. Buning boşqa sababini körmayapman”, deb kinoya qilgan bir foydalanuvçi. 

“Pyotr irimçi. Ukrainada agar odamning boşidan boş kiyimini yulib olsang, prezident bölasan, degan udum bor”, deb kesatib olgan boşqa bir foydalanuvçi.

“Şapkasini yeçib olganmiş. Kallasini şaşka [qiliç turi – tahr.] bilan uzib olişi ham mumkin edi”, degan boşqasi.

“Petya, nimaga şapkani yeçib olding? Marivanna bilasizmi, uning özi birinçi boşladi”, deb kinoya qilişda davom etgan yana bir foydalanuvçi.

Bundan avvalroq Poroşenko Çervonogradga taşrifi vaqtida unga “Lvovugol” kompaniyasidagi qarzlar haqida savol bergan mahalliy fuqaroni “öz uslubida çaqib olgan”. “Men qanday balerina bölsam, siz şunday konçi ekansiz”, deb tanbeh bergan Poroşenko.