Özbekiston milliy terma jamoasi 21-25 mart kunlari Xitoyning Nanning şahri mezbonlik qiladigan «China Cup» musobaqasida qatnaşadi. Unda Özbekistondan taşqari Urugvay, Xitoy va Tailand terma jamoalari ham iştirok etadi. Turnir yarim final va finaldan iborat böladi.

Musobaqa taşkilotçilarining qaroriga köra, Özbekiston yarim finalni 22 mart kuni Urugvay terma jamoasiga qarşi ötkazadigan böldi, deb xabar bermoqda ÖFA. Undan avvalroq, mezbon Xitoy termasi 21 mart kuni Tailand bilan kuç sinaşadi.

25 mart kuni uçinçi örin uçun bahs va final öyinlari bölib ötadi.

Ma'lumot uçun, «China Cup» musobaqasi ikki yildan beri ötkazib kelinmoqda. 2017 yilgi musobaqada Çili, Islandiya, Xorvatiya va Xitoy qatnaşgan bölib, unda Çili ğolib çiqqan. 2018 yilda esa Urugvay, Uels, Çexiya va Xitoy iştirok etgan kubokda Urugvayning qöli baland kelgan. Avvalgi har ikki turnir ham Nanningda bölib ötgandi.

Xabar qilinişiça, «China Cup-2019» oldidan Toşkentda Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani taşkil qilinadi, unda Xitoyga olib ketiladigan futbolçilar röyxati e'lon qilinişi rejalaştirilgan. Anjuman sanasi ma'lum qilinmagan.

Urugvay terma jamoasi boş murabbiyi Oskar Tabaresning «China Cup-2019» uçun kengaytirilgan tarkibidan quyidagi futbolçilar örin olgan:

Darvozabonlar:
Fernando Muslera ("Galatasaroy", Turkiya)
Martin Kampanya ("Independente", Urugvay)
Martin Silva ("Libertad", Paragvay)

Himoyaçilar:
Diyego Godin ("Atletiko", Ispaniya)
Sebastyan Koates ("Sporting", Portugaliya)
Xose Mariya Ximenes ("Atletiko", Ispaniya)
Gaston Silva ("Independente", Urugvay)
Martin Kaseres ("Yuventus", Italiya)
Matias Suares ("Defensor Sporting", Urugvay)
Marselo Saraççi ("Leypsig", Germaniya)
Naytan Nandes ("Boka Xuniors", Argentina)

Yarim himoyaçi:
Jovanni Gonsales ("Penyarol", Urugvay)
Diyego Laksalt ("Milan", Italiya)
Lukas Torreyra ("Arsenal", Angliya)
Matias Vesino ("Inter", Italiya)
Rodrigo Bentankur ("Yuventus", Italiya)
Karlos Sançes ("Santos", Braziliya)
Nikolas Lodeyro ("Sietl Saunders", AQŞ)
Kamilo Mayada ("River Pleyt", Argentina)
Federiko Valverde ("Real Madrid", Ispaniya)
Jorjian De Arraskaeta ("Flamengo", Braziliya)

Hujumçilar:
Gaston Pereyro ("PSV", Gollandiya)
Jonatan Rodriges ("Santos Laguna", Meksika)
Maksi Gomes ("Selta", Ispaniya)
Kristian Stuani ("Jirona", Ispaniya)
Edinson Kavani ("PSJ", Fransiya)
Luis Suares ("Barselona", Ispaniya)

Eslatib ötamiz, Özbekiston terma jamoasi 2018 yilning iyun oyida JÇ-2018ga tayyorgarlik körayotgan Urugvayga qarşi örtoqlik öyini ötkazgan edi. Öşanda öz tarixida ilk marta Janubiy Amerika vakili bilan öyinda qatnaşgan Özbekiston MTJ 0:3 hisobida mağlub bölgan edi.

Image

Quyida ana öşa uçraşuv qaydnomasi keltirib ötiladi.

Urugvay – Özbekiston 3:0
Gollar: 1:0 – 32 de Arraskaeta, 2:0 – 54, penalti Suares, 3:0 – 73 Ximenes.
Urugvay – Muslera, Ximenes, Kaseres, Maksi Pereyra (Laksalt, 59), Godin, Nandes (Rodriges, 46), Vesino (Torreyra, 59), de Arraskaeta (Sançes, 65), Bentankur, Suares (Stuani, 83), Kavani (Maksi Gomes, 76).
Özbekiston – Suyunov, Aşurmatov, Muhammadiyev (Otaxonov, 58), Komilov, Hamrobekov (Ğiyosov, 73), Siddiqov (Şixov, 81), Turğunboyev (Yaxşiboyev, 58), Maşaripov, Ğaniyev (Aliboyev, 73), Azamov, Örinboyev (Abduholiqov, 46).
Ogohlantirişlar: Maşaripov (8), Aşurmatov (57), Vesino (57).
Çetlatiş: Komilov (79).