Samarqand şahridagi kasb-hunarga öqitiş markazida joriy yilning 25 fevral kuni özaro anglaşuv memorandumi imzolaş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz’ning Samarqanddagi öz muxbiri xabar qilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosobatlari vazirligi, KOICA (Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi), Keimyung kollej universiteti va Samarqand kasb-hunarga öqitiş markazi hamkorlikda 2019–2022 yillarda «KOICA public-private partnership project» markazning ta'lim salohiyatini mustahkamlaş orqali Samarqand viloyatida işçilarni malakasini oşiriş va işga joylaştirişni kuçaytiriş» loyihasi uçun KOICA 900 ming AQŞ dollari, Keimyung kollej universiteti 200 ming dollar — jami 1 mln 100 ming dollarlik grant mablağlari ajratilmoqda.

Uşbu loyiha doirasida Samarqand kasb-hunarga öqitiş markazida «Maşinasozlik texnologiyasi» (SNS), «Kompyuter dizayneri» yönalişlari va «Samarqand Startap biznes inkubator markazi» taşkil etilmoqda.

Şu munosabat bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining örinbosari Bahodir Umrzoqov, KOICA’ning Toşkentdagi ofisi direktori Son Song Il va Keimyung kollej universiteti sanoat bilan hamkorlik departamenti direktori Kim Yonkab özaro anglaşuv memorandumini imzolaşdi.

Bahodir Umrzoqov yurtimizdagi kasb-hunarga öqitiş markazlarining rivojlanib borişida özlarining beminnat xizmatlarini ayamay kelayotgan Janubiy Koreya hukumatiga va KOICA’ga öz minnatdorçiligini bildirdi. KOICA’ning Toşkentdagi ofisi direktori Son Song Il Samarqand Startap biznes inkubator markazi kelgusida aholiga katta xizmat körsatişiga işonib, Özbekistonda bunday loyihalarni amalga oşirişga xar doim tayyor ekanligini bildirdi.

Qayd etib ötiş joizki, memorandum imzolangunga qadar mazkur markazda KOICA tomonidan Özbekistonda taşkil etilgan kasb-hunarga öqitiş markazlari iştirokida Kasblar böyiça musobaqa bölib ötdi. Unda Toşkent, Samarqand va Şahrisabz şahridagi kasb-hunarga öqitiş markazlari hodimlari va talabalari qatnaşdilar.

Musobaqada talabalar avtomobillarni ta'mirlaş va texnik xizmat körsatiş, elektronika va asbobsozlik, payvandlaş işlari texnigi, axborot texnologiyalari yönalişi böyiça kuç sinaşdilar.

Berilgan vaqt va musobaqa şartlari tugagaç, hakamlar tomonidan ğoliblar aniqlandi. Ğoliblarga qimmatbaho sovğalar tarqatildi.