Moskvada 5 mart kuni Özbekiston fuqarosi bölgan Baxtiyor Matyoqubovga nisbatan jinoiy iş böyiça tergov yakunlandi, u beşta qotillikni sodir etişda ayblanmoqda. Jinoiy iş tasdiqlangan ayblov xulosasi bilan sudga jönatildi, deya xabar berdi Rossiya Tergov qömitasining Moskva böyiça Boş tergov boşqarmasi matbuot xizmati.
Tergov versiyasiga köra, 2005 yilning yanvaridan aprel oyigaça bölgan vaqtda ayblanuvçi Moskvada va Moskva oblastidagi odamlar kam bölgan joylarda ayollarga hujum qilgan. U ham kunduzi, ham keçqurun qotilliklar sodir etgan.
Baxtiyor Matyoqubov uyali telefonning tafsilotlari örganib çiqilgaç, şuningdek, harakatlanişi bosqiçma-bosqiç tiklanib, jinoyat sodir etilgan joylar bilan boğlanganidan keyin foş etildi. Huquq-tartibot idoralari ayblanuvçi qayerda yaşaşini aniqlaşdi, u yerda tintuv davomida ikki qurbonning qon izlari bölgan kiyim-keçak topilgan.
Baxtiyor Matyoqubov xalqaro qidiruvga berildi va qotillik sodir etgani uçun çet elda hibsga olindi. 2017 yilning dekabrida u Moskvaga ekstraditsiya qilindi. Dastlabki tergov davomida Matyoqubov öziga qöyilgan barça ayblovni töliq tan oldi.












