Vazirlar Mahkamasining “Qaşqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Qaşqadaryo viloyatida yangi turizm yunalişlarini taşkil etiş böyiça çora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Belgilanişiça, rejaga kiritilgan çora-tadbirlar mahalliy budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablağlar va ijroçilar mablağlari hisobiga moliyalaştiriladi.

Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi:

rejada belgilangan vazifalar öz muddatida va sifatli amalga oşirilişini muvofiqlaştiradi hamda unda belgilangan hududlarga turistlarni jalb qiliş çoralarini köradi;

manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan rejaning bajarilişini nazorat qiladi hamda bajariliş holati böyiça ma'lumotlarni har çorak yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar Özbekiston Respublikasi prezidentining “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida” 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan taşkil etilgan Turizmni rivojlantiriş böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaşga taqdim etib boradi;

rejada belgilangan turizm yönalişlaridagi qişloqlar va turizm obektlariga olib boruvçi maxsus turizm xaritalarini uç oy muddatda işlab çiqadi hamda barça joylaştiriş vositalari va turizm faoliyati sub'yektlariga bepul tarqatiş çoralarini köradi.

Qaşqadaryo viloyati hokimligi Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:

Şahrisabz şahrida yil davomida taşkil etiladigan ommaviy, madaniy- köngiloçar tadbirlar röyxatini şakllantiradi va belgilangan tartibda tasdiqlanişini ta'minlaydi;

tadbirlar röyxatida folklor guruhlarining çiqişlari, baxşi-şoirlar va hunarmandlar festivallari, milliy sport öyinlari, turli madaniy-köngiloçar tadbirlar ötkazişni nazarda tutadi va har bir tadbirni taşkil etiş muddatlarini aniq belgilaydi.

Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tadbirlar röyxati asosida ötkaziladigan tadbirlarga xorijiy va mahalliy turistlarning taşrifini taşkil etiş maqsadida keng tarğibot işlarini doimiy ravişda amalga oşiradi.

Qaşqadaryo viloyati hokimligi Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan birgalikda Qaşqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantiriş böyiça 2019-2020 yillarda amalga oşiriladigan qöşimça investitsiya loyihalarining manzilli röyxatini ikki oy muddatda şakllantiradi va Muvofiqlaştiruvçi kengaşga tasdiqlaş uçun kiritadi.

Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga «Özbekkino» milliy agentligi, Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va Qaşqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda viloyat tumanlarining turizm salohiyati haqida özbek, rus va ingliz tillaridagi videoroliklarni, şuningdek, «Qaşqadaryo taomlari» töğrisida qisqa metrajli film ssenariysini ikki oy muddatda işlab çiqib, suratga oliş tavsiya etildi.

Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va Qaşqadaryo viloyati hokimligi Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda doimiy ravişda ommaviy axborot vositalari vakillari uçun Qaşqadaryo viloyatining turizm salohiyati bilan taniştiriş maqsadida infoturlarni taşkil etiş va turli tarğibot materiallarini tayyorlaş çoralarini köradi.

Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan birgalikda “Hisor” davlat qöriqxonasi hududidan Amir Temur ğori, dinozavr izlari, Hazrati Sulton ota ziyoratgohi va Suvtuşar qişloği yaqinidagi şarşara obektlarini qöriqxonaning qöriqlanma (bufer) zonasiga ötkaziş va uşbu zonaning aniq çegaralarini belgilaş böyiça Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda asoslangan taklif kiritadi.

Qaşqadaryo viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligining xorijiy va mahalliy turistlarga zamonaviy xizmat turlarini körsatuvçi avtoşohbekat - “PIT STOP M-39” loyihasini amalga oşiriş maqsadida “Şahrisabz avtoşoxbekat” davlat unitar korxonasining bino inşootlarini “Abdizafar Hamkor” mas'uliyati çeklangan jamiyatiga quyidagi investitsiya majburiyatlarini yuklagan holda “nol” qiymatda sotiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi:

loyihani amalga oşiriş uçun “Abdizafar Hamkor” MÇJ tomonidan kamida 20,0 mlrd söm miqdorida investitsiya mablağlarini kiritiş;

jadval asosida harakatlanadigan avtotransport vositalari, şu jumladan turistik toifaga mansub avtobuslarni qabul qiliş imkoniyatini yaratiş;

loyihaning 2020 yil yakuniga qadar töliq işga tuşirilişini ta'minlaş;

60 dan kam bölmagan yangi iş örinlari yaratiş.

Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi “Abdizafar Hamkor” MÇJ bilan özaro majburiyatlar böyiça oldi-sotdi şartnomasi tuzilişini hamda uning belgilangan tartibda bajarilişi yuzasidan monitoring olib borilişini ta'minlaydi.