Şu yilning 9 mart sanasida Samarqand viloyati huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan Urgut tumani “Kamardon” MFY hududida ötkazilgan “nazorat tartibida giyohvandlik moddasini xarid qiliş” keng qamrovli tezkor operatsiya natijasida Tojikiston Respublikasi fuqarosi U.A. ismli şaxs 1 kg 500 gramm “opiy” narkotik vositasini 13.500 AQŞ dollari evaziga sotayotgan vaqtida uşlanib, uşbu narkotik vosita daliliy aşyo sifatida xolislar iştirokida hujjatlaştirilgan.
Samarqand viloyat IIB matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma'lum qilişiça, mazkur narkotik vositani U.A. bilan birgalikda ötkazişga kelgan tanişi — Ş.S.ning Tayloq tumanidagi yaşaş uyida tintuv ötkazilgan vaqtda, uning xonadonidagi molxonasi içidagi somon tagidan 12 kg 446 gramm “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, xolislar iştirokida daliliy aşyo sifatida olingan.

Olib borilgan qöşimça tezkor suriştiruv tezkor tadbirlar natijasida Tojikiston Respublikasi fuqarosi U.A. hamda uning şerigi Ş.S.ning A.A. hamda Ş.Ş. kabi jinoiy şeriklari zudlik bilan aniqlanib, ulardan birining yaşaş uyida kömib qöyilgan 2 kg 550 gramm geroin va 8 kg 790 gramm opiy giyohvandlik vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan. Ikkinçisining uyida esa 1 kg 200 gramm opiy hamda 83 gramm geroin vositalari hujjatlaştirib olingan.

Qayd etib ötiş kerakki, Samarqand viloyat huquq tartibot organlari tomonidan öta tezkorlik bilan ötkazilgan bir qator tadbirlar natijasida mazkur giyohvandlik vositalarining viloyat va respublika hududida noqonuniy tarqalib ketişining oldi olindi. Hozirda uşbu holat böyiça suriştiruv va tergov tadbirlari davom etmoqda.
Ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 7 nafar şaxsdan jami 2 kilogramm 633 gramm geroin va 24 kilogrammdan ziyod opiy (qoradori) giyohvandlik vositalari olinib, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat qözğatilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.











