Kapalaklar orasidagi migratsiya qanotlilardagi kabi tez-tez uçramaydi. Şunga qaramay, sayyoramizda u yoki bu şaklda migratsion xulq-atvorga ega 200 turdan ortiq kapalaklar yaşaydi. Har yili janubga migratsiya qilib, keyin ortga qaytadigan kapalaklar orasida eng maşhuri danaida monarx sanaladi. Aynan şu kapalak turi uçun qöriqxona taşkil qilingan.

Bu ğaroyib kapalaklar Şimoliy va Janubiy Amerikada juda köp. Yer şarining boşqa mintaqalarida ham uçraydi. Bu turning eng köp örganilgani Şimoliy Amerikada yaşaydigani bölib, u har yili janubga uçadi. Mazkur kapalaklar yoz faslini AQŞ şimoli-şarqi va Kanadaning janubi-şarqida ötkazadi. Sovuq tuşişi bilan bir gala bölib, janubga tomon harakatlanişadi. U yerda oktyabrdan martga qadar qişlaydilar. Kapalaklarning köp qismi qişni markaziy Meksika, Mexiko va Miçoakan ştatlari hududida ötkazadi. Unçalik katta bölmagan qismi esa Kaliforniyada qişlaydi. Meksikada qişlaş davrida ayrim yillari milliard dona danaida monarx töplanadi. Biologlar örmon bilan qoplangan toğ hududi kapalaklarning qişlaş joyi ekanini sezişgaç, ğaroyib ekotizimni saqlaş imkonini beradigan qöriqxona taşkil qilişga qaror qilindi. Şunday qilib, Meksikaning faxri – monarx kapalaklarining biosfera qöriqxonasi paydo böldi.

Kapalaklar daraxtlarga joylaşib, bu yerda qiş böyi qolişadi. Toğli tuman bölgani sabab tunda ob-havo harorati past böladi. Afsuski, uşbu holat kapalaklar ma'lum miqdorining nobud bölişiga olib keladi. Şunga qaramay, ularning katta qismi qişdan yaxşi çiqib oladi va mart oyida 3-4 ming kilometr uzoqlikdagi sayohatga otlanadi.

Eng hayratlanarli jihati – ularning katta masofani bosib ötişi emas, mazkur kapalaklarning hayot keçiriş muddati 2 oydan oşmaydi. Ya'ni uşbu kapalaklar bir avlod davrida ikki tomonga migratsiyani amalga oşiradigan rekord darajada uzoq umr köruvçilar sanalmaydi. Bahorda Meksikadan uçib çiqqan kapalaklar AQŞ janubiga kelganida tuxum qöyadi. Ikki haftalik oziqlaniş va ikki haftalik ğumbak davridan ötib, sayohat qiluvçi kapalaklarning yangi avlodi dunyoga keladi. Ular yana köpayişni boşlaydi. Bu jarayon issiq davr vaqtida bir neça marta takrorlanadi. Ana şu yerda ğaroyib metamorfoza sodir böladi.

Sayohat qiluvçi kapalaklarning sönggi avlodi diabez nomli reproduktiv bosqiçga ötadi. Bunday holat ularga rejalaştirilgan ikki oy örniga 6-7 oy yaşaş imkonini beradi. Uşbu vaqt davomida kapalaklar Meksikadagi qöriqxonaga uçib keliş, u yerda bahorgaça yaşab, kapalaklarning yangi avlodiga hayot beriş uçun ortga qaytişga ulguradi.

Yangi tuğilgan kapalaklar köpayiş va qişlaş uçun qayerga uçişni qanday qilib bilişlari mumkinligi turli savollar uyğotadi. Quşlarda migratsiya yöllarini tajribali yölboşlovçilar bilsa, doimiy ravişda yangilanadigan kapalaklar misolida esa töğri yönaliş oliş uzoq yillar davomida jumboq bölgan. Bir neça yil ilgari entomologlar danaida monarx ham quşlar kabi quyoş va sayyoramizning magnit maydoni yordamida yönaliş olişini aniqlaşdi.

Bu kabi sayohatçilar sayyoraning boşqa mintaqalarida ham yaşaydi. Afrika, Avstraliya, Yevropa, Madagaskar oroli va Hindistonning ham migratsiya qiluvçi öz kapalaklari mavjud.