Yangi turdagi kapalakka Donald Tramp nomi berildi

Foto: Nazari / Zookeys 2017
Kanadalik entomolog kapalaklarning yangi turini aniqladi hamda unga Donald Tramp nomini berdi. Bunga hasharot rangi va boshidagi “soch turmagi” AQShning saylangan prezidentiga juda ham o‘xshab ketishi sabab bo‘ldi, deyiladi ZooKeys jurnalida e'lon qilingan maqolada.
Bu jonivorlarga taniqli insonlarning nomini berish bilan bog‘liq bo‘lgan birinchi holat emas - o‘tgan yili tropik baliqlarning yangi turi Barak Obama sharafiga nomlangan bo‘lsa, parazitar arining noyob turi Bred Pitt nomini olgandi.
Ottavada istiqomat qiluvchi Vazrik Nazari esa janubiy Kaliforniyadagi Santa-Katalina orolida yashovchi kapalaklarning yangi turiga Donald Tramp nomini berdi.
Bu hasharot - Neopalpa donaldtrumpi, o‘yiq qanotli kuyalar turiga kirib, faqatgina Shimoliy Amerikada yashaydi. Neopalpa donaldtrumpi yorqin sariq rangda bo‘lib, uni daraxtlar tanasi va toshlar orasida osonlik bilan payqash mumkin.
Vazarining ta'kidlashicha, aslida Neopalpa donaldtrumpi 1984 yilda aniqlangan. O‘shanda amerikalik tabiatshunoslardan biri Santa-Kruz oroli flora va faunasini o‘rganish jarayonida bir necha “donaldtrampi”ni ushlab olgan hamda saqlab qo‘ygan. Besh yil avval kapalaklarning bir qismi genetiklar diqqatini tortdi va ular bu yangi turdagi hasharot ekanini aniqlashdi.
Olim bu kapalak Neopalpa turining kelib chiqishi va rivojlanishi tarixiga oydinlik kiritishda yordam berishidan umidvor. Bundan tashqari, u Donald Tramp va boshqa siyosatchilar e'tiborini Santa-Kruz oroli faunasini himoya qilish muammosiga qaratishni maqsad qilgan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
Jahon | 21:20
-
Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi
Jamiyat | 21:08
-
Britaniyada urush faxriysi tankda Tesla avtomobilini pachaqladi
Jahon | 20:55
-
Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
Jahon | 20:39
Mavzuga oid

23:46 / 13.09.2024
Shri-Lankada kapalak o‘g‘rilari 200 ming dollar jarimaga tortildi

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020