GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati Navröz umumxalq bayrami munosabati bilan Malibu va Tracker avtomobillarini xarid qiliş istagida bölgan mijozlarga 3 foiz bayram çegirmasini e'lon qiladi.

Jamiyat axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilinişiça, aksiya joriy yilning 19 martidan e'tiboran kompaniyaning rasmiy dilerlaridan 100 foiz oldindan tölov amalga oşirgan holda uşbu avtomobillarni xarid qiliş istagida bölgan mijozlarga taqdim etiladi. 

Aksiya joriy yilning 31 martiga qadar amal qiladi.  

Bundan taşqari bugungi kunda kompaniya foizsiz muddatli tölovga ham uşbu modeldagi avtomobillarni xarid qilişni taklif qilmoqda. 

Unga köra, xaridor 215 mln söm boşlanğiç tölov evaziga Malibu Turbo, 190 mln söm boşlanğiç tölov evaziga Malibu, hamda 128 mln söm boşlanğiç tölov evaziga Chevrolet Tracker xarid qilib, avtomobilning qolgan summasini 2 yil davomida foizsiz bölib tölaş imkoniga ega böladi. 

Avtomobilni muddatli tölovga xarid qilgan mijozlarga 3 foizli çegirma amal qilmaydi.