Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi taşkiliy tuzilmasi özgarişi haqida ma'lumot mavjud emas. Şuningdek, OAVda tarqagan xabarlar asosga ega emas. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
«Ayrim internet-naşrlarda e'lon kilingan ma'lumotlarda Byuro faoliyatidan aholi norozi bölayotgani uçun uni tugatiş, Boş prokuratura tasarrufidan çiqarib, Özbekiston Respublikasining Adliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi tasarrufiga ötkaziş yoki boşqa mustaqil taşkilot sifatida faoliyat körsatişi lozimligi kabi xeç bir rasmiy asosga tayanmagan fikrlar bayon kilingan», — deya ta'kidlanadi rasmiy axborotda.
Boş prokuratura matbuot kotibi Surayyo Rahmonovaning Kun.uz'ga bildirişiça, ayrim OAV Byuro faoliyatiga doir ma'lumotlarni joylaştirişda amaldagi qonunçilik talablarini inobatga olmayapti.
Ta'minotçi korxonalar tomonidan yetarli çoralar körilmaganligi oqibatida iste'molçilarning şartnoma majburiyatlariga rioya etişi lozim darajada ta'minlanmagani, iste'mol qilingan energiya resurslari uçun tölovlarni muntazam ravişda amalga oşirmagani, ijro işi yuritişning samaradorligini tubdan oşiriş maqsadida Boş prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi taşkil etilgandi.
Ma'lum qilinişiça, Adliya vazirligi huzuridagi sobiq Sud departamentining 2015 yil noyabr oyidan 2017 yilning iyun oyiga qadar bölgan 19 oylik faoliyatida 17,8 trln. söm undirilgan bölsa, Byuro faoliyatining 19 oylik (2017 yil iyun-2018 yil dekabr) davrida 26,3 trln. söm undiruv amalga oşirildi va Byuro davrida undiruv 48 foizga ösgan. Hozirda Byuroning 1 nafar davlat inspektori «Özbekenergo», «Öztransgaz» va suv ta'minoti korxonalarini örtaça 6 nafar nazoratçisining iş hajmini bajarmoqda.
Xuddi şunday, Byuro organlari taşkil etilganidan buyon hozirga qadar energiya resurslari va suv iste'moli sohasida 42 trln. söm (gaz – 19,8 trln., elektr – 21,5 trln., suv – 1,2 trln.) söm mablağ undirildi.
Bu körsatkiç, Byuro taşkil etilmasdan oldingi körsatkiçga (2015 yil noyabr-2017 yil may) nisbatan (17,2 trln.) 21,3 trln. sömga yoki 100 foizga köp undirilganini anglatadi.
«Huquqbuzarliklarni foş etiş böyiça energiya resurslari va suv ta'minotidan noqonuniy foydalaniş holatlari böyiça 1 trln. 111 mlrd. sömlik zarar yetkazilganligi aniqlanib, 780 dan ziyod jinoyat işlari qözğatilgan.
Albatta, tölov intizomini mustahkamlaş orqali qarzdorlikni kamaytiriş, energiya tarmoqlariga noqonuniy ulaniş, sud va boşqa organ hujjatlarining ijrosini ta'minlaş kabi vazifalarini bajariş Byuro xodimlariga oson keçmayapti.
Birgina, ötgan 2018 yilda Byuro xodimlariga nisbatan 167 ta xizmat vazifasini bajarişga tösqinlik qiliş holatlari aniqlangan», — deyiladi Boş prokuratura xabarida.
Afsuski, hatto xodimlarining 2 nafari öz vazifasini bajariş vaqtida vafot etgan.
Şunga qaramay, Byuro öz vazifasini lozim darajada bajarmagan yoki nojöya xatti-harakat sodir etgan xodimlarga nisbatan ham murosasiz munosabatda bölib kelmoqda.
Ta'kidlanişiça, Byuro taşkil topgandan hozirga qadar 1 ming nafardan ziyod böşatilgan xodimlarning 570 nafardan ortiği, aynan xizmat vazifasini lozim darajada bajarmagan sababli vazifasidan ozod etilgan.
«Byuroda sohadagi aniq mexanizm, iş samaradorligi, mehnat taqsimoti hamda undirilgan mablağlarning haqqoniyligi ta'minlaş borasida, avval bölmagan bir qator zamonaviy kompleksli dasturlar «MIB portal», «MIB inspektor» va hisobotlarning yagona portali kabi yangi Dasturiy tizimlar yaratilgan. Hozirda, bu kabi yangiça dasturiy tizimlar Byuro faoliyatiga tatbiq etiş jarayoni davom etmoqda», — deya qöşimça qilinadi.











