Madaniyat vazirligi 16 mart kuni tarqagan xabarga munosabat bildirib, tanqidçi Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi markaziy kengaşi raisi Sarvar Otamurodov  sözlarini rad etgan.

Ma'lum qilinişiça, 2018 yil fevral-aprel oylarida madaniy meros obektlari xatlovdan ötkazilgan. Mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda amalga oşirilgan xatlovda esa MTDP vakillari iştirok etmagandi.

«Yagona namunadagi dalolatnoma asosida har bir obekt haqida xatlov natijasi hozirça yopiq-test rejimida foydalanişda bölgan merosbaza.uz saytiga jamlangan. Uşbu baza asosida 2019 yil I yarim yillik yakunigaça elektron davlat xizmati şaklida Madaniy meros portali işga tuşiriladi», — deb xabar beradi Madaniyat vazirligi.

Qayd etilişiça, ötkazilgan xatlov natijasida 259 ta obektga jiddiy zarar yetgani aniqlangan va ularga taalluqli tegişli materiallar bilan hududiy huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.

Vazirlik axborotida 2017 yili partiya bilan memorandum imzolangani ta'kidlanadi.

«Uning mazmuni doirasida hamkorlikda respublikadagi barça madaniy meros obektlarini muhofaza qilişni kuçaytirişni közda tutilgan. Şuningdek, hamkorlikda hududiy inspektorlar bilan birgalikda xatlov ötkazilgan, lekin tanqidiy maqolada asosiy işni partiya tomonidan bajarilganligi körsatib ötilgan.

Memorandum doirasida 2018 yil oktabr-noyabr oylarida partiya faollari iştirokida obektlar qayta xatlovdan (ikkinçi marotaba) ötkazildi. Partiya xatlov natijalarini töliq hajmda naşr ettirib, vazirlikka taqdim etgan. Vazirlik partiyaning bu boradagi faoliyatni e'tirof etadi», — deya qöşimça qilinadi.

Partiya tomonidan taşkil etilgan xatlov dalolatnomasidagi yagona farq ularda obektning Yer şari koordinatalarining uzunlik-kenglik böyiça joylaşgan manzili körsatilmagani bildirdi.

«Şu sababli u obektlarning qayerda joylaşganini, masalan, Google Maps tizimi orqali topiş imkonini bermaydi.Birinçi xatlov davomida bu masala muhim şart hisoblangan va tegişli uzunlik-kenglik koordinatalari aniqlangan», — deyiladi axborotda.