Avstraliya boş vaziri Skott Morrison Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan “islomga qarşi qaraşlarga ega avstraliyaliklar” nomiga keskin sözlar aytgandan keyin Turkiya elçisini çaqirtirdi. Bu haqda SBS telekanali xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, Erdöğan Turkiyaning Eragli şahridagi mitingda Yangi Zelandiyadagi masjidlarga qilingan hujumga izoh berib, islomni qoralovçi avstraliyaliklar haqida salbiy fikrlar bildirgan. Uning ta'kidlaşiça, bunday odamlar yaxşisi Turkiyaga kelmagani ma'qul, aks holda ular noxuş oqibatlarga duç kelişadi. Erdöğan, şuningdek, Birinçi jahon uruşi vaqtida Çanakkaledagi (Gallipoli) jangda avstraliyalik va yangi zelandiyalik harbiylar iştirok etganini eslab ötgan.

“Bu sözlar juda haqoratli. Prezident Erdöğanning izohlarini Kamol Otaturkning Birinçi jahon uruşida halok bölgan avstraliyalik harbiylar haqidagi sözlariga keskin zid, deb hisoblayman.  Bundan taşqari, men bunday sözlarni qonunbuzarlik, deb hisoblayman”, deb aytgan Morrison. U Turkiyaning bunday keskin munosabatiga qaramay, Kanberra özining sabr-toqatlilik va köp madaniyatli jamiyatni rivojlantiriş tamoyillaridan oğişmasligi va mintaqada xavfsizlik uçun kuraşişni davom ettirişini aytgan.