Valuta birjasi (ÖzRVB) savdolarida yöl qöyilgan muntazam qoidabuzarliklar sababli bir qator tijorat banklarining savdolardagi iştiroki vaziyat aniqlaştirib olinguniga qadar vaqtinçalik töxtatildi (Hamkorbank, Turkiston bank, Xaytek bank, Universal bank, Invest finans bank, Ipak Yöli Bank, Savdogarbank, Trast bank, Aziya Alyans bank).

Markaziy bank xabariga köra, valutani tartibga soliş sohasidagi qonunçilikni buzgani uçun mazkur banklarga nisbatan 2018 yil va 2019 yilning ötgan davrida 31 holatda jami 2.5 mlrd söm miqdorida jarima sanksiyalari köllanilgan.

Şu bilan birga, tijorat banklari xorijiy valuta oldi-sotdi amaliyotlarini birjadan taşqari valuta bozorida amalga oşiriş huquqiga egadirlar.

Bank mijozlari tijorat banki çet el valutasini xarid qiliş va sotişni rad etgan hollarda Markaziy bankning Bank xizmatlari iste'molçilarining huquqlarini himoya qiliş xizmatiga murojaat etişlari mumkin. 

Markaziy bank banklar öz vazifa va majburiyatlarini, şu jumladan mijozlarga yetkazilgan zararni qoplaşini ta'minlaşni közda tutuvçi çoralarni körib boradi, deyiladi xabarda.