Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, jamoat arboblaridan Navröz bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda, deya xabar beradi davlat rahbari matbuot xizmati.

Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin, Qozoğiston Respublikasining birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirğiziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev, Afğoniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Aşraf Ğani, Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy tabrik yuborgan.

Şuningdek, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud, Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud, Birlaşgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, boş vaziri, Dubay amiri Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktum, Birlaşgan Arab Amirliklari boş vaziri örinbosari, içki işlar vaziri Şayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon, Afğoniston Islom Respublikasi Hukumati ijroiya kengaşi raisi Abdulla Abdulla, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Şayxulislom Ollohşukur Poşşozoda va boşqalar tabrik yöllagan.

Qutlovlar kelişi davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Şavkat Mirziyoyev özbekistonliklarni Navröz bayrami bilan tabrikladi