Jinoiy tribunallar uçun xalqaro mexanizm apellyatsiya palatasi Bosniya va Gersegovina Serb Respublikasining sobiq prezidenti Radovan Karajiçni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Avvalroq quyi instansiya sudi Karajiçni 1992-1995 yillardagi harbiy jinoyatlar uçun 40 yillik qamoq jazosiga hukm qilgandi.
Gaagadagi sobiq Yugoslaviya böyiça xalqaro tribunal 2016 yil 24 mart kuni bosniyalik serblarning sobiq yetakçisini 1992-1995 yillarda Bosniya va Gersegovinadagi qurolli ixtilof davomidagi jinoyatlar böyiça 11 ta ayblov bandidan 10 tasi, jumladan etnik tozalaşlar, ommaviy deportatsiya va Srebrenitsadagi qatliom böyiça aybdor deb topgan. Karajiç himoyasi şu yilning özida sud hukmi yuzasidan şikoyat arizasi topşirgan.
2018 yildagi sud jarayonida ayblov tomoni Karajiç uçun umrbod qamoq jazosini talab qilgan.
Mutaxassisligi böyiça ruhşunos bölgan Karajiç Serb Respublikasiga 1992 yildan 1996 yilgaça prezidentlik qilgan. Bosniya va Gersegovina 1992 yilda Yugoslaviya tarkibidan çiqişini e'lon qilgaç, respublikada bosniyalik musulmonlar, serblar va xorvatlar iştirokida uruş boşlangan. Bu uruş 1995 yilgaça davom etgan. Mutaxassislarning baholaşiça, öşa ixtilof vaqtida 100 mingga yaqin odam halok bölgan.
Bosniya va Gersegovinadagi uruşdan keyin Karajiç 13 yil xalqaro suddan yaşirinib yurgan va 2008 yil iyulida Belgradda qölga olinib, Gaaga sudiga topşirilgan.












