Rasmiy London Serb Respublikasining birinçi prezidenti, sobiq Yugoslaviyadagi uruş vaqtida Bosniyaning musulmon aholisini ommaviy qirişda ayblangan Radovan Karajiç unga çiqarilgan umrbod qamoq jazosining qolgan qismini Britaniyadagi turmada ötkazişiga rozi böldi.

75 yoşli Karajiç 1995 yilda Srebrenitsa şahrida bosniyalik musulmonlarning ommaviy öldirilişida, harbiy va insoniyatga qarşi jinoyatlarda ayblanib, 2019 yilda umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan.

Britaniya taşqi işlar vaziri Dominik Raab Karajiç «genotsidda aybdor deb topilganlar sanoqli odamlardan biri» ekanini aytgan. «U Srebrenitsadagi genotsid vaqtida erkaklar, ayollar va bolalarning ommaviy öldirilişi uçun javobgar bölgan va tinç aholiga qarşi özining şafqatsiz hujumlari bilan Sarayevoni qamal qilişda yordam bergan», deb aytilgan Britaniya taşqi işlar vazirligi bayonotida.

Haagadagi xalqaro tribunal Karajiçni 13 yil davomida qidirgan va 2008 yildagina qölga olişga muvaffaq bölgan. U 2016 yil martida 11ta ayblov bandidan 10tasida aybdor deb topilib, 40 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Biroq keyinroq Haaga sudi bu jazoni «juda yumşoq» deb topib, Karajiçni umrbod qamoq jazosiga mahkum qilgan. Karajiç advokatlaridan biri Goran Petroniyeviçning ta'kidlaşiça, hukm çiqarilgandan keyin Karajiç BMT Xavfsizlik kengaşi va Haagadagi tribunal bilan sudlanganlarni saqlaş böyiça kelişuv tuzgan davlatlardan biridagi turmaga ötkazilişi kerak bölgan. Bunday davlatlar orasida Britaniyadan taşqari, Avstriya, Belgiya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Finlandiya, Fransiya, Şvetsiya bölgan. Şuningdek, Serbiya adliya vazirligi Haaga tribunali bilan Karajiç qamoq jazosini Belgraddagi turmalardan birida ötaşi böyiça kelişişga harakat qilgan.

1995 yil iyulda Srebrenitsada bosniyalik serblar armiyasi tomonidan 8 mingga yaqin musulmon öldirilgan. Bu qatliom Ikkinçi jahon uruşidan keyin Yevropadagi eng yirik ommaviy qotillik hisoblanadi.