
1990-yillarda Yugoslaviya parçalangaç, Bosniya va Gersegovina poytaxti Sarayevo şahri serb kuçlari tomonidan örab olinib, 1992-1996 yillar davomida qamal qilindi. Turli ma’lumotlarga köra, doimiy öq yomğiri ostidagi qamal davrida 10 mingdan ortiq kişi halok bölgan.
The Guardian naşri yozişiça, Milandagi jamoat prokuraturasi ayni uşbu uruş paytida italiyalik boylar «snayper turizmi»ga borgani haqidagi da’volar yuzasidan tergov işi oçdi.
Şikoyat jurnalist va yozuvçi Ezio Gavazzeni tomonidan berilgan. U Sarayevoni örab turgan serb pozitsiyalaridan turib «ojiz fuqarolarni öldiriş uçun pul tölagan juda boy odamlar» tomonidan amalga oşirilgan «inson ovi»ni tasvirlab yozgan.

BBC naşriga köra, yillar davomida çet eldan kelgan «inson ovçilari» haqidagi şunga öxşaş da’volar bir neça bor bildirilgan. Biroq endi Gavazzeni tomonidan töplangan dalillar, jumladan bosniyalik harbiy razvedka zobitining guvohligi, Italiya aksilterror prokurori Alessandro Gobbis tomonidan körib çiqilmoqda.
Ma’lum bölişiça, bunday vahşiylik haqida uruş paytidayoq bosniyalik zobitlar xabardor bölişgan. Ular 1994 yilda bunday «safarilar» haqidagi ma’lumotlarni Italiyaning harbiy razvedkasi - SISMI’ga yetkazgan. Bir neça oy ötgaç razvedkaçilar «safari» sayyohlari Italiya şimoliy çegarasidagi Triyeste şahridan uçib kelib, keyin Sarayevo ustidagi tepaliklarga borişganini aniqlagan. Razvedkaçilar şundan keyin «bunga çek qöyilgani»ni aytgan. Ikki-uç oy içida bunday safarlar töxtagan.





















