«China Cup» xalqaro turnirining uçinçi örni uçun keçgan Xitoy-Özbekiston uçraşuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar boş murabbiyi Ektor Kuper quyidagilarni ta'kidlab ötdi.
«Bugun gol kiritiş uçun köplab vaziyatlarga ega böldik. Ammo ularning faqat bittasidan unumli foydalandik. Biz kelgusida bu yönalişda iş olib boramiz. Öylaymanki, bu musobaqadan örin olgan öyinlar biz uçun yaxşi tayyorgarlik vazifasini ötab berdi. Endilikda xato va kamçiliklarni tahlil qilib çiqamiz. Avval ham aytganimdek, bor e'tiborimiz Jahon çempionati saralaşiga qaratilgan.
Özbekistonning Xitoyga qarşi avvalgi öyinlari bilan bugungi öyinni soliştira olmayman. Men avvalgi öyinlarda terma jamoa boş murabbiyi emasdim. Ammo Xitoy tarkibida yangi futbolçilar borligini bilaman. Kannavaro ular bilan yaxşi jamoa şakllantira olişiga işonaman. Xitoy ham biz kabi bor e'tiborini Jahon çempionati saralaşiga qaratgan.
Öylaşimça, Qatar-2022ga çiqiş uçun Osiyodagi barça terma jamoalar qattiq kuraş olib borişadi. Biz yöllanmani qölga kiritiş uçun bor kuçimizni sarflaymiz», - dedi Kuper.
Argentinalik mutaxassisning ma'lum qilişiça, bugungi bahsning birinçi bölimi oxirida şikastlanib zaxiraga olingan yarimhimoyaçi Otabek Şukurovning jarohati jiddiy. Terma jamoa şifokorlari uning kamida ikki oyga safdan çiqqanini bildirişgan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston milliy jamoasi musobaqaning dastlabki öyinida Urugvaydan yengildi (0:3). Xitoyga qarşi uçraşuvda esa 35-daqiqada Eldor Şomurodov tomonidan urilgan yagona gol ğalabani ta'minladi.












