«Real» yaqin vaqtlar içida «PSJ» hujumçisi Kilian Mbappe transferini mavsum yakunida amalga oşiriş böyiça amaliy harakatlarga ötadi, deb xabar bermoqda France Football.

Avvalroq fransiyalik yulduz «Qirollik klubi»ning yozgi transfer kampaniyasidagi eng asosiy maqsadi ekani xabar qilingandi. Uni xarid qiliş borasida klub prezidenti Florentino Peres va boş murabbiy Zinedin Zidanning fikri bir joydan çiqqan.

Manba ma'lumotiga köra, Peres Parij klubiga rad qilib bölmas taklif yuborişga tayyorgarlik körmoqda: yaqin haftalar içida «Real» «PSJ»ga Mbappe uçun 280 mln yevro tölaşga tayyor ekanini ma'lum qiladi.

Transfer şu summada amalga oşgan taqdirda 20 yoşli Kilian futbol tarixidagi eng qimmatbaho futbolçiga aylanadi. U bu borada jamoadoşi Neymarning 2017 yili «Barselona»dan «PSJ»ga ötgan vaqtda örnatilgan 222 mln yevrolik rekordini yangilaşi mumkin.

Bundan avvalroq Fransiyaning boşqa bir obröli naşri – L'Equipe Mbappening «Real»ga ötişi şartini ma'lum qilgandi. Unga köra, 7-raqam egasi Madriddan yillik 15 mln yevro maoşni közda tutuvçi taklif olsagina, bu klub safiga qöşilişi mumkin. Ayni paytda «qaymoqranglilar»ning eng köp haq oluvçi futbolçisi Garet Beylga yiliga 14 mln yevro iş haqi tölanadi.