Xitoyning Xiaomi kompaniyasi smartfonni 17 daqiqa içida quvvatlantiradigan qurilmani namoyiş etdi. Qurilma qanday işlaşi aks etgan videoni Xiaomi vitse-prezidenti Lu Veybing Weibo ijtimoiy tarmoğida joylaştirdi. 

Videoda ikkita mobil qurilma hamda qança vaqt ötganini körsatuvçi taymer aks etgan. Ulardan biri siğimi 4000 mA·s bölgan akkumulyatorga ega smartfon bölsa , ikkinçisi Super VOOC texnologiyali quvvatlagiçga ulangan akkumulyatori 3700 mA·s bölgan Oppo smartfonidir.

Lavhada körsatilişiça, siğimi 4000 mA·s bölgan, Xiaomi quvvatlagiçiga ulangan smartfon quvvati 17 daqiqa içida 0dan 100%ga yetadi. Öşa vaqt içida Oppo smartfoni 65% quvvat oladi. 

Kompaniya lavhada boşqa qöşimça tafsilotlarni va yangi texnologiya qaçondan çiqarilişini ma'lum qilmagan.