Xiaomi Xitoyda gibrid model - yetti örinli Skynomad N90 Max sotuvini yölga qöydi, deb xabar berdi CarNewsChina.
Model ketma-ket gibrid (EREV) turiga mansub: benzinli dvigatel faqat generator vazifasini bajaradi, harakatlanişni esa elektromotorlar taʼminlaydi.

N90 Max - katta 7 örinli krossover bölib, uzunligi 5285 mm, ğildirak bazasi esa 3080 mm ni taşkil etadi. Aerodinamik qarşilik koeffitsiyenti 0,255 ga teng, bu katta krossover uçun past körsatkiç hisoblanadi. Old qismida xoçsimon bezakli va 624 metr masofaga yorituvçi «Ninaçi» faralari örnatilgan.
Kapotda çuqurligi 750 mm gaça bölgan suv tösiqlaridan ötiş imkonini beruvçi havo yiğgiç közga taşlanadi, hatto avtomobilning suvda muallaq tura oliş qobiliyatiga egaligi ham aytilgan.

Salon bezagi uçun uç xil variant taklif etiladi: keramik-qaymoq, qora va mokko-jigarrang. Örindiqlar joylaşuvi - 2+2+3, transformatsiyaning 11 ta varianti va 1831 litr yukxona hajmi mavjud.
Oldingi va ikkinçi qatordagi örindiqlar vaznsizlik holati, massaj, ventilyatsiya va isitiş rejimlariga ega böldi. Markaziy orolça harakatlanuvçan bölib, yönaltirgiçlarga örnatilgan va içiga 9 litrli muzlatkiç joylaştirilgan. Multimedia tizimi HyperOS boşqaruvidagi Qualcomm 8650 çipiga asoslangan 16,1 dyuymli ekrandan iborat.

Dvigatel 1,5 litrli turbomotor-generator va ikkita elektromotorni öz içiga oladi - ularning umumiy quvvati 421 ot kuçini taşkil etadi. Faqat elektr quvvatidagi yuriş masofasi - 464 km (CLTC), umumiy yuriş masofasi esa - 1705 km.
Xavfsizlikka kelsak, krossover 12 ta xavfsizlik yostiqçasi hamda Nvidia Thor (700 TOPS) çipi va Xiaomi HAD XLA kognitiv modelidagi avtopilot bilan jihozlangan. Şuningdek, katta yöl va şahar içida harakatlaniş uçun navigatsiya yordamçisi hamda avtomatik parkovka funksiyalari qöllab-quvvatlanadi.









