Özbekiston Respublikasi Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi faoliyatini taşkil etiş töğrisidagi prezident qarori (PQ-4254, 28.03.2019 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Qömita va uning tarkibiga kiruvçi taşkilotlarning taşkiliy tuzilmalari tasdiqlandi.

Adliya vazirligi telegram kanali xabariga köra, Qömita raisi boş vazir taqdimiga binoan prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

“Özbekçorvanasl” agentligi boş direktori lavozimiga köra qömita raisining örinbosari hisoblanadi.

Qömita raisi Boş davlat veterinariya inspektori, uning örinbosarlari Boş davlat veterinariya inspektorining örinbosarlari, Davlat veterinariya nazorati boşqarmasi veterinar mutaxassislari davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.

Qişloq xöjaligi vazirligining “ÖZNASLÇILIK” va “Özzoovetta'minotxizmat” davlat korxonalari “Özbekçorvanasl” agentligi tarkibiga ötkazildi.

Qarorga muvofiq, çorva mollarini suğurtalaş tartibi işlab çiqiladi.

Samarqand veterinariya meditsina institutining Toşkent filiali taşkil etiladi.

Göşt va sut narxi barqarorligini ta'minlaş maqsadida har bir tumanda kamida ikkitadan quyidagilar taşkil etiladi: 

qoramollarni bördoqiga boqişga ixtisoslaşgan korxonalar;
sut yönalişidagi korxonalar.

Qaror bilan 2019-2021 yillarda çorva mollari soni, göşt va sut işlab çiqarişni oşiriş böyiça prognoz körsatkiçlari tasdiqlandi.

Mazkur körsatkiçlarga muvofiq, respublikada 2021 yilga kelib 13 ming 825 boş çorva mollari, 3 mln 646 ming 300 tonna göşt hamda 11 mln 882 ming 500 tonna sut işlab çiqariş rejalaştirilmoqda.

«Biz fermerlar «yetimmiz» göyo». Respublika böylab arzon göşt sotgan çorvadorlar dardi