Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-avgustdagi 447-son qarori bilan muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslarni Vaqtinçalik boşpana va ijtimoiy tiklaniş markazlariga joylaştiriş böyiça davlat xizmatini körsatişning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Hujjatga muvofiq, muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslar Vaqtinçalik boşpana va ijtimoiy tiklaniş markazlariga joylaştiriladi. Markazlarda ularga ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boşqa turdagi yordamlar körsatilişi nazarda tutilgan.
Muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslar dastlab yetti kalendar kun içida örganiladi. Örganiş natijasi böyiça ularni muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan şaxs deb topiş yoki rad etiş töğrisida xulosa rasmiylaştiriladi.
Şaxsning ehtiyojlaridan kelib çiqib, unga individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar körsatiş rejasi işlab çiqiladi. Şuningdek, markazning ijtimoiy xodimlari «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda şaxsni ijtimoiylaştiriş va uning jamiyatga qayta moslaşişiga kömaklaşadi.
Markazga qabul qilingan şaxslar zaruratga qarab tibbiy körikdan ötkaziladi. Agar ularda şoşilinç tibbiy yordam talab qiladigan holat aniqlansa, tez tibbiy yordam brigadasi çaqiriladi. Yuqumli kasalliklarga gumon qilingan hollarda esa şaxs tegişli tibbiyot muassasasiga yuboriladi.
Şuningdek, şaxsning F.I.Ş., tuğilgan sanasi, doimiy yoki vaqtinçalik yaşaş joyi, şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari va boşqa ma’lumotlari aniqlanadi. Şaxsni identifikatsiya qiliş zamonaviy vositalar, jumladan Face-ID, daktiloskopiya va biometrik ma’lumotlar orqali amalga oşirilişi mumkin.
Markazda qoliş muddati şaxsning holati va ijtimoiylaştiriş jarayoniga qarab belgilanadi. Hujjatda ayrim toifadagi şaxslarni oilasiga qaytariş, tibbiyot yoki ijtimoiy muassasalarga joylaştiriş, iş bilan ta’minlaş va kasbga öqitiş çoralarini köriş ham nazarda tutilgan.
Qarorga muvofiq, 2026-yil 1 sentyabrga qadar markazlarning içki tartib-qoidalari tasdiqlanişi, xodimlar faoliyati samaradorligini baholaş mezonlari işlab çiqilişi va markazlar zamonaviy kompyuter hamda internet aloqasi bilan ta’minlanişi belgilangan.
Şuningdek, 2026-yil 1 oktyabrga qadar markazlar rahbarlari va barça xodimlarining muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslarni ijtimoiylaştiriş hamda ularga ijtimoiy xizmatlar körsatiş böyiça malakasini oşiriş közda tutilgan. 2027-yil 1-iyulga qadar esa markazlarning sanitariya va quriliş me’yorlariga muvofiqligi xatlovdan ötkazilişi belgilangan.








