Özbekiston va BAA qişloq xöjaligida işlab çiqarişni rivojlantirişda ham hamkorlik qiladi. Bu haqda boş vazir örinbosari Elyor Ğaniyev ma'lum qildi.
«Yana bir muhim yönaliş - qişloq xöjaligi işlab çiqarişini rivojlantiriş hisoblanadi.
Bu masalada amirliklar kompaniyalari tomonidan yerlarni özlaştiriş va jahon bozorida talabgir bölgan qişloq xöjalik mahsulotlarini yetiştirişga juda katta qiziqiş bildirilmoqda.
200 million dollarlik şunday loyihalardan birini Sirdaryoda amalga oşiriş közda tutilgan. Bu yerda qoğoz sellyulozasi işlab çiqariladi», degan boş vazir örinbosari.
Uning ma'lum qilişiça, Özbekistonda yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlari Navoiy aeroporti orqali BAAga yetkaziladi.
«Yana bir muhim yönalişlardan biri transport va logistika infratuzilmasini rivojlantiriş. Bu borada BAAda katta tajriba töplangan va bu biz uçun juda ham muhimdir.
Şuning uçun biz Dubai Port World bilan şartnoma tuzdik. U Özbekistonda, Navoiy viloyatida quruqlikdagi port taşkil etişni nazarda tutadi.
Mazkur loyihaning aeroport qismiga e'tibor qaratsak, bunda maşhur Emirates aviakompaniyasi bilan Navoiydan qişloq xöjaligi mahsulotlari va meva-sabzavotlarni BAAga töğridan-töğri yetkaziş uçun parvozlar yölga qöyiladi.
Mamlakatimiz rahbari va amirliklar rahbariyati vakillari savdo sohasidagi özaro hamkorlik salohiyatini 1 milliard dollar hajmida belgilab berişdi. Agar biz samarali logistika tizimini yaratsakkina bu natijaga erişa olamiz», degan Elyor Ğaniyev.












