Dunyoning eng boy odami, Amazon kompaniyasi asosçisi Jyeff Bezos sobiq rafiqasi Makkenzi Bezosga Amazon’dagi umumiy uluşlarining çorak qismini beradigan böldi. Şu bilan birga Jyeff Bezos Amazon’ning juftlikka tegişli barça ovoz beruvçi aksiyalari böyiça ovoz beriş huquqini saqlab qoladi. Bu haqda Makkenzi Bezos tvitterda ma'lum qildi. Financial Times naşrining ta'kidlaşiça, Makkenzi Bezos Amazon’ning 4 foiz aksiyasini oladi, bu uluş esa 35 mlrd dollarga baholanadi.
Milliarder boşqa aktivlar – Blue Origin aerokosmik kompaniyasi va The Washington Post naşri ustidan nazoratni özida saqlab qoladi, Makkenzi Bezos bu kompaniyalar aksiyalariga da'vogarlik qilmaydi. Öz navbatida Jyeff Bezos sobiq rafiqasiga yaxşi rafiqa bölgani va ajraşiş jarayonida qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorlik bildirgan.
Ajraşiş böyiça barça jarayonlar yakunlangaç, Makkenzi Bezos dunyoning eng boy ayollari uçtaligiga kirişi mumkin. Hozirda bu borada Fransuaza Betankur-Mayyers 49,3 mlrd dollar bilan yetakçilik qilmoqda, 2-örinni Elis Uolton 44,4 mlrd dollar bilan egallamoqda.
Bezoslar ajraşişlari haqida yanvarda e'lon qilişgan. Jyeff Bezos va Makkenzi xej-fondda işlaşgan kezlarda 1992 yil tanişişgan. Ular 1993 yilda turmuş qurişgan. Bezoslar nikohi 25 yil davom etgan, ularning 4 farzandi bor.












